Chirag Shetty

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chirag Shetty

Shetty 2022-yil avgustda
Shaxsiy maʼlumoti
Tugʻilgan paytidagi ismi Chirag Chandrashekhar Shetty[1]
Mamlakat Hindiston
Tavalludi 4-iyul 1997-yil (1997-07-04) (26 yosh)
Mumbay, Hindiston
Boʻyi 1.86 m
Vazni 75 kg
Erkaklar & Aralash juftliklar
Eng yuqori reyting 7 (EJ 12-noyabr 2019)
413 (AJ 27-avgust 2015)
Joriy reyting 7 (EJ 22-mart 2022)
Medallari va yutuqlari
Erkaklar badmintoni
Hindiston bayrogʻi Hindiston vakili
Jahon chempionatlari
Bronza 2022 Tokio Erkaklar juftliklari
Thomas kubogi
Oltin 2022 Bangkok Erkaklar jamoasi
Hamdoʻstlik oʻyinlari
Oltin 2018 Gold Coast Aralash jamoa
Oltin 2022 Birmingem Erkaklar juftliklari
Kumush 2018 Gold Coast Erkaklar juftliklari
Kumush 2022 Birmingem Aralash jamoa
Osiyo jamoa chempionatlari
Bronza 2016 Haydarobod Erkaklar jamoasi
Bronza 2020 Manila Erkaklar jamoasi

Chirag Chandrashekhar Shetty (1997-yil 4-iyulda tugʻilgan) ― hindistonlik badmintonchi[2][3]. U va sherigi Satwiksairaj Rankireddy Hindistondan boʻlgan erkaklar toifasidagi birinchi juftlik boʻlib, BWF jahon reytingida birinchi oʻntalikka kirgangan holda, karyerasidagi eng yuqori reytingi 7-oʻringa erishgan. Chirag 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Shetty va Satwiksairaj Rankireddy 2018 Hamdoʻstlik oʻyinlaridagi aralash jamoaviy bahsda Hindistonga tarixiy oltin medalni qoʻlga kiritishda hal qiluvchi rol oʻynadi va ular erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida kumush medalni ham qoʻlga kiritdi[5].

2019-yilda Shetty va Satwiksayraj Rankireddy finalda xitoylik Li Junhui va Liu Yuchen juftligini magʻlub etib, Tailand ochiq musobaqasi chempionligini qoʻlga kirtdi va BWF Superseriyasi yoki BWF World Tour (Super 500+) chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi hind juftligiga aylandi[6]. Ular 2019-yilgi Fransiya ochiq chempionatida ikkinchi oʻrinni egallab, finalda indoneziyalik Marcus Fernaldi Gideon va Kevin Sanjaya Sukamuljo juftligiga yutqazdi[7].

2021-yilda Shetty va Satwiksairaj Rankireddy indoneziyalik Muhammad Ahsan va Hendra Setiawan juftligiga ikkinchi raundda yutqazib, 2020-yilgi Yonex Tailand ochiq musobaqasidan chiqib ketdi[8]. Iyul oyida u va Rankireddy 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan, biroq Marcus Fernaldi Gideon va Kevin Sanjaya Sukamuljoga magʻlub boʻlganidan soʻng guruh bosqichidan chiqib ketgan. Biroq, ular butun turnirda oltin medal sohiblari Li Yang va Wang Chi-linni magʻlubiyatga uchratgan yagona juftlik boʻldi, Shetty va Rankireddy guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvida qiyinchilik bilan kechgan oʻyinda magʻlubiyatga uchradi[9]. Dekabr oyida Shetty va Rankireddy oʻz karyeralarida birinchi marta BWF World Tour finaliga yoʻllanma oldilar, ammo guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Daniya juftligi Kim Astrup va Anders Skaarup Rasmussenga magʻlub boʻlgach, turnirni tark etdi.

2022-yilda Shetty va Rankireddy magʻlubiyatga uchragan oʻyinida sovuq asablarini koʻrsatdi. Birinchi setda indoneziyalik Kevin Sanjaya Sukamuljo va Muhammad Ahsan juftligiga yutqazib qoʻygan hamkorlar ikkinchi setda gʻalaba qozonish va uchinchi setni 21:19 hisobida yakunlash uchun ulkan matonat va sabr koʻrsatib, Hindistonni Indoneziya ustidan 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu Hindiston oʻzining birinchi Thomas kubogini qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynadi. The Times of India gazetasida chop etilgan muxlislarning gʻayrioddiy taxminlari shuni koʻrsatadiki, bu gʻalaba hind badmintonining oʻzgaruvchan landshaftini yanada yaxshiroq oʻringa olib chiqishi mumkin[10]. Shetty va Rankireddy, shuningdek, 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida finalda Ben Lane va Sean Vendyni magʻlub etib, erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

BWF jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar juftliklari

Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija
2022 Tokio Metropolitan Gymnasium, Tokio, Yaponiya Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Malayziya Aaron Chia

Malayziya Soh Wooi Yik
22-20, 18-21, 16-21 Bronze Bronza

Hamdoʻstlik oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar juftliklari

Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija
2018 Carrara Sports and Leisure Centre,Gold Coast, Avstraliya Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Angliya Marcus Ellis

Angliya Chris Langridge
13-21, 16-21 Silver Kumush
2022 National Exhibition Centre, Birmingem, Angliya Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Angliya Ben Lane

Angliya Sean Vendy
21-15, 21-13 Gold Oltin

BWF World Tour (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour[11] Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tour World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalariga boʻlingan[12].

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Daraja Hamkor Raqib Hisob Natija
2018 Haydarobod ochiq turniri Super 100 Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Indoneziya Akbar Bintang Cahyono

Indoneziya Moh Rizo Pahlevi Isfahoniy
21-16, 21-14 1st Gʻolib
2018 Syed Modi xalqaro turniri Super 300 Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Indoneziya Fajar Alfian

Indoneziya Muhammad Rian Ardianto
11-21, 20-22 2nd Ikkinchi oʻrin
2019 Tailand ochiq turniri Super 500 Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Xitoy Li Junhui

Xitoy Liu Yuchen
21-19, 18-21, 21-18 1st Gʻolib
2019 Fransiya ochiq turniri Super 750 Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Indoneziya Marcus Fernaldi Gideon

Indoneziya Kevin Sanjaya Sukamuljo
18-21, 16-21 2nd Ikkinchi oʻrin
2022 Hindiston ochiq turniri Super 500 Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Indoneziya Muhammad Ahsan

Indoneziya Hendra Setiawan
21-16, 26-24 1st Gʻolib

BWF xalqaro musobaqasi/seriyalari (6 ta gʻalaba)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2016 Mavrikiy xalqaro turniri Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Hindiston Dhruv Kapila

Hindiston Saurabh Sharma
21-12, 21-16 1st Gʻolib
2016 Hindiston xalqaro seriyasi Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Malayziya Goh Sze Fei

Malayziya Nur Izzuddin
8-11, 11-5, 7-11, 11-8, 11-5 1st Gʻolib
2016 Tata Hindiston xalqaro ochiq turniri Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Hindiston Arjun MR

Hindiston Ramchandran Shlok
10-12, 11-9, 11-7, 11-5 1st Gʻolib
2016 Bangladesh xalqaro turniri Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Hindiston M. Anilkumar Raju

Hindiston Venkat Gaurav Prasad
17-21, 21-7, 21-8 1st Gʻolib
2017 Vetnam xalqaro turniri Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Tailand Trawut Potieng

Tailand Nanthakarn Yordphaisong
17-21, 21-9, 21-15 1st Gʻolib
2019 Braziliya xalqaro turniri Hindiston Satwiksairaj Rankireddy Niderlandiya Jelle Maas

Niderlandiya Robin Tabeling
21-14, 21-18 1st Gʻolib
     BWF xalqaro musobqasi turnirlari
     BWF xalqaro seriyasi turnirlari
     BWF kelajak seriyasi turnirlari

Tanlangan raqiblarga qarshi rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Chirag Shettyning erkaklar juftlik bahslarida Satwiksairaj Rankireddy bilan yil yakuni finalchilari, jahon chempionati yarim finalchilari va Olimpiada chorak finalchilariga qarshi oʻyinlaridagi rekord natijalari keltirilgan.

Natijalar 2022-yil 21-fevral holatiga koʻra aniqlangan[13]:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Participants: Chirag Chandrashekhar Shetty“. Gold Coast 2018 Commonwealth Games Corporation. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  2. „Players: Chirag Shetty“. Badminton World Federation. Qaraldi: 23-noyabr 2016-yil.
  3. „Player Profile of Chirag Shetty“. Badminton Association of India. 2016-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2016-yil.
  4. „Satwiksairaj Rankireddy-Chirag Shetty, Sai Praneeth achieve career-best badminton rankings“. India Today (12-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 29-iyul 2021-yil.
  5. „BAI recommends Satwiksairaj Rankireddy, Chirag Shetty and Sameer Verma for Arjuna Awards“. India Today. Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  6. „Thailand Open: Satwiksairaj Rankireddy, Chirag Shetty 1st Indian doubles pair to win Super 500 title“. India Today. Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  7. „French Open: Satwik and Chirag finish men’s doubles runners-up after losing final to Sukamuljo-Fernaldi“. India Today. Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  8. „Thailand Open: Satwiksairaj Rankireddy, Chirag Shetty crash out in 2nd round“. India Today (14-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 29-iyul 2021-yil.
  9. „Rankireddy Satwiksairaj“. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  10. Manne Ratnakar. „India trounce Indonesia to clinch Thomas Cup | Badminton News — Times of India“ (inglizcha). The Times of India (15-may 2022-yil). Qaraldi: 18-may 2022-yil.
  11. Alleyne. „BWF Launches New Events Structure“. Badminton World Federation (19-mart 2017-yil). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2017-yil.
  12. Sukumar. „Action-Packed Season Ahead!“. Badminton World Federation (10-yanvar 2018-yil). 2018-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  13. „Chirag Shetty's Profile – Head To Head“. Qaraldi: 28-avgust 2019-yil.