Chansha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chansha — Xitoyning markaziy qismidagi shahar. Xunan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 6,1 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Syanszyan daryosi boʻyidagi port. Rivojlangan qishloq xoʻjaligi rayonining (sholi va boshqalar) markazi. Yengil va oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Poʻlat, alyuminiy, stanoklar, elektr va sanoat jihozlari, vagonlar, oʻgʻitlar ishlab chikariladi. Yirik sholi bozori. Xoz. shahar oʻrnidagi aholi yashaydigan manzil miloddan avvalgi 5-asrdan maʼlum.