Xunan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xunan — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimi va Duntinxu koʻli havzasida. Maydoni 210 ming km². Aholisi 65 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Chansha sh.

Yer yuzasi gʻarbiy va jan. kismida togʻlar, markazi va shimolida tekisliklardan iborat. Iqlimi subtropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 1100–2000 mm. Iktisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi, xususan, dehkrnchilik. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, batat, rami, raps, yer yongʻoq, kunjut, tamaki, jut ekiladi. Choy va tung daraxti oʻstiriladi. Bogʻdorchilik, xususan, sitrus mevalar yetishtirish rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Daryolardan va Duntinxu koʻlidan baliq ovlanadi. X.da surma, qoʻrgʻoshin, rux rudalari, volfram, marganets qazib chiqariladi. Syantanda elektrovoz, elektrotexnika uskunalari, stanoklar, Xanyanda kon uskunalari ishlab chiqariladi. Oziqovqat, qogʻoz, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Yanszi daryosi va Duntinxu koʻlida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Chansha, Syantan, Chjuchjou va boshqa

X. hududida qadimda man qabilalari yashagan. 4-asrdan xitoylar koʻchib kela boshlagan. 1937—45 yillarda X. hududining katta qismi yaponlar qoʻl ostida boʻldi.