Chakkalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chakkatuzidan yoʻnaltirildi)

Chakkalik, chakkatuzi — zargarlik buyumi; chakkaga taqiladigan ayollar taqinchogʻi. Quyi qismiga atrofi feruza koʻzlar bilan hoshiyalangan bezak tosh yoki rangli shisha oʻrnatilgan yirik hajmdagi halqa va bosma bezakli yaproqcha va marjonli shokilalardan tuzilgan. Ch.dan keyinchalik isirgʻa kelib chiqqan.