Carlinhos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Carlinhos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carlos Vinícius Santos de Jesus
Tavallud sanasi 22-iyun 1994-yil (1994-06-22) (29 yosh)
Tavallud joyi Camacan, Bahia, Braziliya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Portimonense
Raqami 76
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Desportivo Brasil
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Desportivo Brasil 0 (0)
2012—2013 → Bayer Leverkusen (ijara) 0 (0)
2013 → Jahn Regensburg (ijara) 13 (2)
2013—2015 Internacional 0 (0)
2015—2017 Monte Azul 0 (0)
2015 → Red Bull Brasil (ijara) 5 (0)
2015—2016 → FC Aarau (ijara) 33 (10)
2016 → FC Thun (ijara) 7 (0)
2017 Estoril 11 (3)
2017—2020 Standard Liège 35 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-aprel uchun)

Carlos Vinícius Santos de Jesus (talaffuzi: Karlos Vinisius Santos de Jesus; 1994-yil 22-iyunda Braziliyaning Kamakan shahrida tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „Standart“ futbol klubi vingeri, „Vitória de Setúbal“ futbol klubida ijara asosida o‘ynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carlinhos „Desportivo Brasil“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012- yilning yozida u Germaniyaning „Bayer 04“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan. 8-noyabr kuni Yevropa ligasi doirasida „Rapid Wien“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u asosiy jamoa safida debyut qilgan[1]. 2013-yil boshida Carlinhos ijara asosida „Jan“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 3-fevral kuni „Hertha“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan[2]. 24-fevral kuni „Energia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlinhos oʻzining birinchi golini kiritgan. 2014-yil boshida u „Internasional“ futbol klubiga sotilgan. 2015-yil boshida Carlinhos „Atlético Monte Azul“ futbol klubiga oʻtgan va darhol „Red Bull Brazil“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 6-mart kuni Paulista ligasida „Audax Italiano“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan[3].

2015-yilning yozida Carlinhos Shvetsariyaning „Aarau“ futbol klubiga ijara asosida oʻtgan. 25-iyul kuni „Villarreal“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlinhos Challenj ligasida debyut qilgan. 31-avgust kuni „Xamax“ futbol klubiga qarshi bahsda „Arau“ futbol klubi darvozasiga birinchi golini urgan.

2016-yilning yozida Carlinhos „Thun“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshilgan. 31-iyul kuni Shveysariya Superligasida „Lozanna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. 2017-yil boshida Carlinhos Portugaliyaning „Estoril Praia“ jamoasiga oʻtgan. 6-mart kuni „Rio Ave“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlinhos Sangrish ligasida debyut qilgan[5]. 14- aprel kuni „Belenenses“ futbol klubi qarshi kechgan bahsda „Estoril Praya“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[6].

2017-yilning yozida Carlinhos „Standard Liège“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 27-avgust kuni „Brugge“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qilgan[7]. 2018-yil 3-mart kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Carlinhos „Standard“ safida o‘zining birinchi golini urgan[8]. Debyut mavsumida u Belgiya kubogini qoʻlga kiritgan.




Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum
Desportivo Brasil Braziliya bayrogʻi Braziliya 2011—2013
Bayer 04 Leverkusen (ijara) Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2012—2013
SSV Jahn Regensburg (ijara) Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2013
S. C. Internacional sub-20 Braziliya bayrogʻi Braziliya 2013—2014
Atlético Monte Azul Braziliya bayrogʻi Braziliya 2015—2017
Red Bull Brasil (ijara) Braziliya bayrogʻi Braziliya 2015
F. C. Aarau (ijara) Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 2015—2016
F. C. Thun (ijara) Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 2016—2017
G. D. Estoril Praia Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2017
Standard Lieja Belgiya bayrogʻi Belgiya 2017—2020
Guarani F. C. Braziliya bayrogʻi Braziliya 2019
Vitória F. C. Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2019—2020
C. R. Vasco da Gama Braziliya bayrogʻi Braziliya 2020—2021
Portimonense S. C. Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Байер 04 VS. Рапид Вена 3:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 8-noyabr). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  2. „Ян VS. Герта Берлин 1:5“ (en). soccerway.com (2013-yil 3-fevral). 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  3. „Ред Булл Бразил VS. Ошашку Аудакс 1:6“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-mart). 2015-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  4. „Лозанна VS. Тун 4:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 31-iyul). 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  5. „Эшторил-Прая VS. Риу Аве 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 6-mart). 2017-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  6. „Белененсиш VS. Эшторил-Прая 1:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-aprel). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  7. „Брюгге VS. Стандард Льеж 4:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 27-avgust). 2017-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  8. „Брюгге VS. Стандард Льеж 3:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 3-mart).