Can Dündar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Can Dündar
Tavalludi 1961-yil 16-iyun
Anqara, Turkiya
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Turkiya
Faoliyat turi Jurnalist, teleboshlovchi, pradyuser

Can Dündar (1961-yil 16-iyun, Anqara) — turk tadqiqotchisi, jurnalist, teleboshlovchi va prodyuseri.

U Turkiyaning yaqin tarixi, siyosati va ommabop madaniyatiga oid hujjatli filmlarga prodyuserlik qilgan. Ayniqsa, „Sarı Zeybek“ (1993) hujjatli filmi koʻpchilikning eʼtiboriga tushgan.

Dündar 2015-yil fevral oyida „Jumhuriyet“ gazetasi bosh muharriri boʻldi[1][2]. 2015-yil 29-mayda ushbu gazetada chop etilgan[3] bir maqola katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Shundan soʻng jurnalist hibsga olindi va uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Sud jarayonida Dündar josuslik va hukumatni ag‘darish ayblovlari bilan qoralandi va davlat maxfiy hujjatlarini qo‘lga kiritish, nashr etishda aybdor deb topildi. Ish yuzasidan apellyatsiya jarayonida hibsga olinishi davom etgan jurnalist xavfsizligini o‘ylab Germaniyaga jo‘nab ketdi. Dündar "Jumhuriyat" gazetasi bosh muharrirligidan isteʼfoga chiqdi.

2016-yil 31-oktabrda hibsga olish orderi chiqarilgan Dündar [4] 2017-yilda Oslo tinchlik tadqiqot instituti tomonidan eʼlon qilingan Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzodlar orasida uchinchi oʻrinni egalladi[5].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Ali Rizo va Öznur Dündar oilasida dunyoga kelgan.

Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Anqarada tamomlagan. Anqara Otaturk nomidagi oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, Anqara universitetining siyosiy fanlar fakulteti, matbuot va radioeshittirish yoʻnalishiga oʻqishga kiradi. Universitetni 1982-yilda tamomlagan.

Universitet yillarida jurnalistika bilan shug‘ullana boshlagan. 1979-yildan Yanki, Hurriyat, Nokta, Söz va Tempoda kabi gazetalarda faoliyat yurita boshlagan.

1986-yilda Buyuk Britaniyadagi London jurnalistika maktabini tamomlagan. Oʻsha yili Yaqin Sharq Texnika Universiteti Iqtisodiyot va maʼmuriy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi boʻlimida siyosatshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan.

Televideniyedagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yilda TRTda Seynan Levent bilan televideniyedagi faoliyatini boshlagan. 1989-1995-yillar oraligʻida „32-Gün“ dasturida ishlagan. 1993-1994-yillarda u Show TVda Mehmet Ali Birand bilan „Çapraz Ateş“ni tayyorlagan. Ayniqsa, 1993-yilda Sivas gubernatori Ahmet Karabilgin, Sivas hokimi Temel Karamollaoʻgʻli va yozuvchi Aziz Nesinning mehmon boʻlgan qismi muhokamalarga sabab boʻldi[6].

Jurnalistika va hujjatli filmlarga eʼtibor qaratgan Dündar 2006-yilda televideniyega murojaat qildi. U 2006-yilning 19-sentyabridan 2009-yil 9 iyungacha boʻlgan davrda „Neden?“ munozara dasturini tayyorladi va taqdim etdi. U 2009-2010-yillarda NTV telekanalida efirga uzatilgan "Canlı Gaste" dasturini tayyorlagan.

Jurnalistika va hujjatli filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehmet Ali Birand va Bulent Chapli bilan birga „Demirkırat (1991) va "12-mart" (1994) hujjatli filmlarini tayyorlagan. Shuningdek, Turkiyaning goʻzallik malikalari haqidagi "Cumhuriyetʼin Kraliçeleri" hujjatli filmi va Otaturkning soʻnggi 300 kuni haqida "Sarı Zeybek" hujjatli filmlarini tayyorladi. 1994-1995-yillarda Turkiya tarixida oʻz oʻrniga ega ammo, eʼtibordan chetda qolgan qahramonlar haqida hikoya qiluvchi "Gölgedekiler" hujjatli filmini tayyorladi.

1994-yilda „Yeni yuzyil“ gazetasida kundalik ruknlar yozishni boshladi va shu gazetada besh yil ishladi.

ODTUda kolumnist va hujjatli film prodyuseri sifatida doktorlik ishini davom ettirgan Dündar 1996-yilda "Terror va ommaviy axborot vositalari: Liberal nazariya nuqtai nazaridan terror voqealarini televideniyeda yoritishga tanqidiy yondashuv" nomli tezis bilan doktorlik desirtatsiyasini yoqladi. Anqara universiteti Aloqa fakulteti va ODTU Siyosat fanlari va davlat boshqaruvi bo‘limining Madaniyatlararo tadqiqotlar dasturida magistrlik darajasini berdi.

1996-1997-yillarda u Show TV uchun tayyorlagan 10 qismli "Aynalar" hujjatli filmi bilan siyosiy va tarixiy mavzulardan tashqariga chiqdi va ommabop madaniyat sohasida ishlay boshladi.

1996-1998-yillarda u „40 daqiqa“ hujjatli-axborot dasturini tayyorladi va ommaga taqdim etdi. Ayniqsa, 1997-yil 7-yanvar kuni efirga uzatilgan dasturda Susurluk kazasıga asoslangan tadqiqot haqidagi iddaolar uzoq vaqt kun tartibida boʻldi[6].

1998-yilda Otaturkning talabalik hayotidagi mamlakat ahvoli va Otaturk birligida sodir boʻlgan oʻzgarishlar haqida hikoya qiluvchi "Yükselen Bir Deniz" hujjatli filmi bilan yana hujjatli filmlar olishga qaytdi. U turk siyosiy tarixi va ommabop madaniyatidagi muhim shaxslar va qishloq institutlari, davlat teatrlari, İş Bankası, Mülkiye kabi muassasalar haqida koʻplab hujjatli filmlar yaratgan.

1999-yil yanvaridan 2001-yil yanvar oyining oxirigacha "Sabah" gazetasida sharhlovchi boʻlgan. 2001-yil yanvar oyida „Milliyet“ gazetasida „Ada“ nomli maqola yozdi. 2003-2004-yillarda „Milliyet“ gazetasi uchun "Ommaviy madaniyat" ruknini chop etgan. Ular 2013-yil 1-avgustdan boshlab „Milliyet“ gazetasi bilan hamkorlik qilishni toʻxtatdi[7].

"Mustafo" hujjatli filmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Mustafo Kamol Otaturk hayoti haqida hikoya qiluvchi „Mustafo“ filmining ssenayrsini yozgan va rejissyorlik qilgan. 2008-yilda chiqarilgan film tanqidga uchraydi[8].

Bosh muharrir[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 25-oktabrdan boshlab „Jumhuriyat“ gazetasida ijod qilib kelayotgan Dündar 2015-yilning 8-fevral kuni gazeta bosh muharriri etib tayinlangan[9].

2014-yilda u Gezi bogʻidagi namoyishlar haqida "Gözdağı" hujjatli filmini tayyorladi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cumhuriyet'in Genel Yayın Yönetmenliği'ne Can Dündar getirildi“. hurriyet.com.tr. Hurriyet gazetesi 9 Şubat 2015. 6 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ağustos 2016.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 6 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ağustos 2016.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 1 haziran 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ağustos 2016.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 3 ekim 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31 ekim 2016.
  5. „Can Dündar'a Nobel adaylığı ve kırmızı bülten“. Deutsche Welle (28 eylül 2017). 28 eylül 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 eylül 2017.
  6. 6,0 6,1 „Can Dündar kimdir. Enonhaber.com sitesi 11 Haziran 2015“. 1 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 kasım 2015.
  7. Can Dündar ile Milliyet'in yolları ayrıldı, 5 Ağustos 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1 Ağustos 2013 {{citation}}: Unknown parameter |deadurl= ignored (|url-status= suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date= va |archivedate= (yordam)
  8. „, Mustafa, Can Dündar ve Eleştiriler“ (8 kasım 2008). 8 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 kasım 2015.
  9. Çıkan Kısmın Özeti, 25 Nisan 2019da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25 Ekim 2013 {{citation}}: Unknown parameter |deadurl= ignored (|url-status= suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date= va |archivedate= (yordam)
  10. „Can Dündar'dan Gezi Belgeseli:Gözdağı“ (30 mayıs 2014). 8 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 kasım 2015.