Aziz Nesin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Aziz Nesin (taxallusi; asl ismi Mahmud Nusrat) (1915, Istanbul – 1995, Izmir; Istanbulda dafn etilgan) – turk hajviy yozuvchisi, dramaturg, Nafis san’at akademiyasi (Istanbulda oʻqigan (harbiy ma’lumotga ham ega). "Marko posho" (1946) taraqqiyparvar hajviy gaz. va boshqa matbuot organlarida ishlagan. "Nuh kemasi" (1949) hajviy jurnal nashr etgan. Koʻplab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi. "Jinnilar ozod boʻldi", "Ishbilarmon odam", "Noziq va nafis", "Xudoga shukur" va boshqa asarlari siyosiy oʻtkir va dolzarb. Ularda yozuvchi jamiyat illatlarini fosh qiladi, kulgili vaziyat, xususiyat va holatlar orqali kishilarni beixtiyor oʻz nuqsonlaridan kulishga majbur etadi. A. N. asarlarining qahramonlari – ish axtarave-rib bezor boʻlgan mayda amaldor, omad-siz ziyoli va qashshoq ishchi ("Yashasin kambagʻallik", "Maydon soatlari", "Xotin kishi boʻlganimda-yu..." va boshqalar). "Shunday boʻldi, bunday boʻlmaydi" avto-biografik qissasi, "Aziznoma" hajviy she’rlar va "Mamlakatlardan birida" hajviy hikoyalar toʻplamlari mavjud. Hajvchi yozuvchilar xalqaro tanlovlarida "Dafna chambari" olgan (1956, 1957). Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi.Asarlari oʻzbek ("Musht ketdi", 1966; "Xushtak afandim", 1969; "Fut-bol qiroli", 1978 va hokazo) va boshqa tillarda nashr qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil