Kontent qismiga oʻtish

Buzurgmehr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buzurgmehr — davlat arbobi, ijodkor. Xusrav I Anushirvon davrida (531–579-yillar) vazirlik qilgan. Otasi Baraka sosoniy hukmdorlarning nadimlaridan edi.

Buzurgmehr hind shohi Devasar Anushirvonga yuborgan shatranj oʻyinining mohiyatini ochib beradi, oʻzi „nard“ oʻyinini kashf etadi. Uning homiyligida sanʼat, adabiyot rivoj topadi, Eron bilan Hindiston oʻrtasida elchilik aloqalari oʻrnatiladi, „Kalila va Dimna“ shu vaqtda Eronga keltiriladi. Anushirvon vafotidan soʻng fitna tufayli valiahd Xurmuzd Buzurgmehrni qatl ettiradi.

Buzurgmehr „Ganji shohiy“ („Shoh xazinasi“) nomli pandnoma yaratgan. Sosoniylar davriga mansub „Shatranjnoma“ kitobida Buzurgmehr obrazi berilgan. FirdavsiyningShohnoma“, Nizomiyning „Hamsa“ asarida, qadimiy hikoyatlar majmui — „Jome ul-hikoyot“ va boshqa asarlarda Buzurgmehr zukko davlat arbobi, maʼnaviyat, ilm-fan homiysi sifatida tilga olinadi. U sharq xalqlari hikoyatida anʼanaviy obrazga aylangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil