Butlar Qurʼonda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Butlar Qurʼonda — qadimgi arablarning butlari haqida Qurʼoni Karimning Najm, Saffot, Nuh suralarida bayon qilingan. Arablarning hammasi boʻlib toʻqqizta buti Qurʼonda bayon qilingan.

Baʼl[tahrir]

Baʼl

Baʼl (arab. بعل) qadimgi Suriya, Finikiya xalqlarining oltindan yaslgan buti. Baʼlni Urush hudosi, Osmon hudosi, Quyosh hudosi va boshqa nomlar bilan atashgan. Qur`oni Karimda Baʼl haqida Saffot surasida bayon qilingan.

123. Ilyos ham shak-shubhasiz payg‘ambarlardandir.

124. Eslang, u o‘z qavmiga degan edi: „(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!“

125-126. Sizlar Baʼlga sig‘inib, sizlarning ham, avvalgi ota bobolaringizning ham Parvardigorini — eng go‘zal-afzal Yaratguvchi Allohni tark qilurmisizlar?!" 127. Bas (qavmi Ilyosni) yolg‘onchi qildilar. Endi albatta ular (do‘zax azobiga) hozir qilinguvchidirlar.

128. Magar Allohning pokiza bandalarigina (azobga duchor bo‘lmaslar).

129. Biz keyingi (avlod)lar orasida (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

130. Ilyosga salom bo‘lgay.

131. Albatta, chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

132. Albatta, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

Makka hudolari[tahrir]

Makkalik mushriklar xudoning sherigi bor deb eʼtiqod qilar edilar. Ular sigʻinadigan butlarning eng ulugʻlari Lot bilan Uzzo sanalardi. Bu haqida Najm surasida bayon qilingan:

19-20. (Ey mushriklar, o‘zlaringizcha sig‘inayotgan sanamlaringiz) — „Lot“, „Uzzo“, va yana uchinchilari bo‘lmish tuban „Manot“ haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?!

21. (Sizlar o‘sha but-sanamlarni va farishtalarni „Allohning qizlari“, deysizlar, demak) erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?!

22. U holda bu adolatsiz taqsim-ku?!

23. U (nom)lar faqat sizlar o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz qo‘yib olgan nomlardir. Alloh ular(ga ibodat qilish) haqida biron hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga (payg‘ambar alayhis-salom vositalarida) Parvardigor tomonidan hidoyat (Qur’on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashadilar-a!

Lot[tahrir]

Lot

Lot (arab. اللات qadimgi arablarning taniqli hudosi.) naqshinkor oq harsang edi. U Toif shahrida boʻlib, ustiga bino qurilgan, pardasi, xizmatchilari bor edi. Uning atrofida keng sahn boʻlib, u yer Saqiyf qabilasi va unga tobeʼ boʻlganlarning fahri hisoblanar edi. Ularning eʼtiqodicha, Lot Ka`badan keyingi ikkinchi oʻrinda turar edi. lot soʻzining oʻzi esa, Alloh soʻzining muannasi, yaʼni, ayollik maʼnosi edi.

Uzzo[tahrir]

Manot[tahrir]

Nuh qavmining xudolari[tahrir]

Vadda[tahrir]

Suva[tahrir]

Yogʻus[tahrir]

Yauk[tahrir]

Nasr[tahrir]

Manbalar[tahrir]