Qamara Burnasheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burnasheva Qamaradan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qamara Burnasheva (1920.8.3 Andijon — 2000.31.5) — Oʻzbekiston xalq artisti (1960). 1934 yildan Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon musiqali drama va komediya teatrida (1943 yil Samarqand teatrida) aktrisa. Mashhur rollari: Gulbahor, Tojixon ("Boy ila xizmatchi", "Xolisxon"), Julyetta ("Romeo va Julyetta"), Hafiza ("Shohi soʻzana"), Katerina ("Momaqaldiroq"), Shirin ("Farhod va Shirin"), Layli ("Layli va Majnun"), Nurxon ("Nurxon"), Farmonbibi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Nodira ("Nodira"), Shohsanam ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam") va boshqa B. serqirra aktrisa boʻlib, oʻtkir hajviy, lirik va murakkab psixologik rollar ustasi sifatida tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil