Buraxan ota maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buraxan ota maqbarasiOʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XII—XIV asrlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Qipshaq“ OFY. Davlat mulki (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik sitadel shahriston va himoya devorlariga ega bo‘lmagan katta rabotdan iborat. Umumiy maydoni 80 gektar. Shahriston 250x200 m. maydonga ega bo‘lib, markazda joylashgan va qo‘rg‘on devor bilan o‘ralgan. Sitadel shahristonning shimoli-sharqiy qismida. Buraxan shahri xarobaxonasi yoki Xovand XIX asr xronikasida Hakim ata-Sulaymon Boqirg‘oniy mozori bilan Qo‘ng‘irot o‘rtasidagi shahar xarobaxonalari sifatida tez-tez belgilangan. Munis, Ogahiylarning fikricha, shahar xarobaxonasining haqiqiy nomi - Xovand deb nomlangan. Lekin u Buraxan nomi bilan ma’lum.

Arkning janubi-g‘arbida shahar masjidining minorasi arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladi. Minoraning saqlangan qismi 4,40 sm. Uning pastki qismida diametri 9,5. Uning balandligi 60 metrcha bo‘lgan. Bunday masjidlarning minoralari Buxoro, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Termiz, Vobkent va boshqa shaharlarda ma’lum ekanligi yozilgan.

Mavzoley minoradan 25 metr g‘arbda joylashgan. Uning ichki tomoni to‘liq ochildi. Devorining qurilishi ostida VII–IX asrlarga tegishli keramikalari mavjud madaniy qatlam topildi. Uning ustiga mavzoleyning devori qurilgan. U rejada to‘rt burchakli. Uning tashqi hajmi 9x8,7 metr. Janubdagi devorining qalinligi 165 sm. Devorlari kvadrat shaklida va g‘ishtlardan o‘rilgan. Uning ichidagi sag‘ananing hajmi: tashqi qismi 4,4x2 metr va ichki qismi 3,07x1,3 metr. Keyinroq qurilish tashqi tomonidan qalinligi 135 sm qilib qo‘shimcha devor qurilgan. Uning tosh va xom g‘ishtlarning hajmi devorning birinchi qurilishi bilan bir xil ekan[3].

Mavzoleyning qulagan devorining tuprog‘idan uch bo‘lak arab yozuvi topildi. Uni dastlab g‘isht shaklidagi loydan quyilgan g‘ishtga yozib olishgan, so‘ngra uni pishirishgan. G‘ishtning hajmi 48x45x6 sm. Shahar minorasining yonidan oralig‘i 3,5 metrdan 4 qator shaklda guruhning tirnog‘i ochildi. Ularning soni bir qatorda 18. Ular Ustur toshidan yoki pishgan g‘ishtlardan o‘rilgan. G‘ishtning o‘lchami 27-28x27-28x5 sm. Tirnoqning o‘lchami 1x1 m. Toshdan yasalgan tirnog‘i aylana zinali, kvadrat va uch burchak shaklida. 2017-yilda mazkur o‘rinda yangidan eski mavzoley ustiga katta gumbaz quriladi.

Buraxan yodgorligi shahar sifatida XI-XIII Xorazmshohlar davlatining shimoliy hududlaridagi poytaxt shaharlardan bo‘lgan. Bugungi kunda xalq ziyorat qiladigan maskanga aylangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]