Bugʻ mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUGʻ MASHINASI — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. 19-asr oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasi ni rivojlantirish ishi fka va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun, qishloq xoʻjaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bugʻ mashinasi ning tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha nagruzka va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil