Lokomobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lokomobil (lot. locus — joy va mobilis — harakatlanuvchi) — elektr tok generatorini harakatga keltirish, korxonalarda baʼzi texnologik jarayonlarni bugʻ bilan taʼminlash uchun muljallangan bugʻ-kuch qurilmasi. U bugʻ qozoni, bugʻmashinasi va yordamchi qurilmalardan iborat. L.ning koʻchma (gʻildirakli) va muqim (statsionar) xillari bor. Kuchma L.ni istalgan joyga sudrab yurib ishlatsa boʻladi; muqim L. xonaga oʻrnatib qoʻyiladi. Muqim L. koʻchma L.dan bugʻ qozonining tuzilishi bilan farq qiladi. Muqim L. bugʻ qozonining oʻtxonasi dumaloq shaklda, oʻtquvuri surilma qilib yasalgan. Bugʻ mashinasi koʻchma L. bugʻ mashinasidan ancha quvvatliroq (muqim L.da — 125—800 ot kuchi, Kuchma L.da — 12—75 ot kuchi). Kuchma L.ning bugʻ qozoni xuddi parovoz bugʻ qozoniga uxshaydi. L. oʻt xonasiga mahalliy yoqilgʻi-qipiq, oʻtin, torf, gaz, koʻmir va boshqa yoqish mumkin. L. markazlashtirilgan tarzda elektr energiyasi bilan taʼminlanmagan joylarda, asosan, mayda sanoat korxonalarida, texnologiya ehtiyojlari uchun bugʻ talab qilinadigan korxonalarda qul keladi. L. 19-asr 2-yarmida ixtiro qilingan va 20-asr 60-yillarida ishlab chiqarish tuxtatilgan, lekin ayrim joylarda hozir ham ishlatiladi. Mas., Toshkent yengil sanoat va toʻqimachilik institutining issiklik texnikasi kafedrasida shunday L. hozir ham bor va undan uquv maqsadlarida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil