Porshen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Porshen — dvigatellar, kompressorlar, nasoslar va boshqa silindra ichida ilgarilamaqaytma harakatlanadigan silindrik detal. Energiyani bir turdan boshqa turga aylantirishda ishla-tiladi. Ish jismi (bugʻ, gaz, suyukdik) taʼsirida harakatlanadi (porshenli dvigatellar) yoki dvigateldan harakatlanib, ish jismini soʻradi (nasoslar) va siqadi (kompressorlar). P. bir necha qismdan iborat boʻladi. Mac, inki yonuv dvigatelidati P. gaz bosimini kabul qiluvchi tubdan, silindr bilan P. orasidagi tirqishni zichlovchi porshen halqalari oʻrnatiladigan ariqchali kallakdan, P. bilan shatun bevosita bi-rikishi uchun P. barmogʻi oʻrnatiladigan bobishkadan, yoʻnaltiruvchi qism — yubkadan iborat. P. ustidagi ish boʻshligʻining zichligini oshiruvchi elastik, qirqma halqalar P. oʻyiklarida erkin siljiydi; porshen bilan silindr orasida zichlikni hosil qilish uchun moʻljallangan kompres-sion halqalar, silindr yuzasidan ortiqcha moyni sindirish va uni yonish kamerasiga tushirmaslik uchun moʻljallangan moy sidirish halqalari bor. Halqalar choʻyan yoki poʻlat (baʼzida bronza) dan tayyorlanadi. Dizellarna P. siqish kamerasining bir qismini hosil qiluvchi sferik chuqurchali qilinadi. Bugʻ dvigatellarida ishlatiladigan, shtokka oʻrnatiladigan P. yoʻnaltiruvchi qismsiz qilib tayyorlanadi. Yonilgʻi nasosilaph P. plunjer deyiladi, rotor-porshenli ichki yonuv dvigatelida P. vazifasini rotor ba-jaradi. P., asosan, alyuminiy qotishmalari va choʻyandan yasaladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil