Bugʻ generatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUGʻ GENERATORI — bugʻ qozoni yoki yadro reaktoridan olinadigan birlamchi issiklik eltuvchi (suv, suyuq natriy va boshqalar) issikligi hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori suv bugʻi hosil qiladigan apparat yoki agregat. Organik yoqilgʻini yoqishda ajraladigan issiqlik hisobiga bugʻ olinadigan B. g . bug qozoni, elektr energiyasidan foydalanib bugʻ olinadigan B. g . elektr qozoni deb ataladi. Atom elektr st-yalari paydo boʻlganidan soʻng B. g . atamasi atom reaktoridan keladigan issiklik eltuvchi qizdiradigan va turbinaga tushadigan ikkilamchi bugʻni olish uchun xizmat kiladigan bugʻlatkichlarni ifodalash uchun qoʻllanilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil