Buenos Ayres universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buenos Ayres universiteti
(UBA)
Asl nomi ispancha: Universidad de Buenos Aires
Shiori lotincha: Argentum virtus robur et studium — ispancha: La virtud argentina es la fuerza y el estudio — oʻzbekcha: Argentinaning yaxshiligi bu — kuch va taʼlim
Vebsayti uba.ar
Koordinatalari 34°35′59″S 58°22′23″W / 34.59972°S 58.37306°W / -34.59972; -58.37306 G OKoordinatalari: 34°35′59″S 58°22′23″W / 34.59972°S 58.37306°W / -34.59972; -58.37306 G O

Buenos Ayres universiteti (ispancha: Universidad de Buenos Aires, UBA) Buenos Ayresdagi davlat universiteti, Argentina va umuman Lotin Amerikasidagi eng yirik universitet. Davlat tomonidan moliyalashtiriladi, lekin avtonom, dunyoviy va talabalar oʻqishi bepuldir.

2018-yilda QS World University Rankings reytingi boʻyicha Buenos Ayres universiteti Argentinadagi eng yaxshi va dunyoda 75-oʻrindagi universitet deb tan olindi[1].

universitetlarning dunyo miqyosidagi reytingida (shu jumladan Shanxay reytingi nomi bilan mashhur Jahon universiteti aʼzolarining reytingida) bu universitetni yuqori 300 talikka, ayrim jihatlar boʻyicha hatto yuqori 200 talikka ham kiritishadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buenos Ayres universiteti 1821-yil 12-avgustda Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori general Martin Rodrigesning farmoni bilan ochilgan boʻlib, farmonni hukumat vaziri Bernardino Rivadavia tayyorlangan[3].. San-Ignasio cherkovida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida Rivadavia va universitetning birinchi rektori etib tayinlangan Antonio Saens ishtirok etdi. Saens taʼlim berishda asosiy eʼtiborni dinga emas, oliy taʼlimga va tabiiy fanlarga qaratish tarafdori edi[4]. Oʻsha paytda mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari yangi universitet tarkibiga kiritildi. 1822-yilda u hozirgi fakultetlarning oʻtmishdoshlari boʻlgan quyidagi boʻlimlardan iborat edi: boshlangʻich taʼlim, tayyorgarlik taʼlimi, aniq fanlar, tibbiyot, huquq va ilohiyot .

General Xuan Manuel de Rosas boshqaruvi davrida universitetda bepul taʼlim bekor qilindi. Biroq, talabalar soni sezilarli darajada kamaygan boʻlsa-da, universitet oʻz faoliyatini davom ettirdi. Ammo 1852-yilda Kaseros jangida Rozasning magʻlubiyati va uning diktaturasi qulashi ortidan, universitetda yangi qon paydo boʻldi. Yevropadan Bernardino Speluzzi (Pavia universiteti), Emilio Rosetti (Turin universiteti), Pellegrino Strobel (Parma universiteti) kabi taniqli professorlar taklif etila boshlandi. Aniq fanlar boʻlimi 1869-yilda 12 nafar argentinalik ilk muhandislarni tayyorlab berdi.

1881-yilda Buenos Ayres shahri federal poytaxtga aylanganidan soʻng, universitet davlat nazoratiga oʻtdi. 19-asr oxirida Argentina miqyosida universitetning ahamiyati va nufuzi sezilarli darajada oshdi ("saksoninchi yillar avlodlari", ispancha: Generación del '80').

XX asr boshlari mamlakatning, xususan, poytaxtning iqtisodiy gullab-yashnash davri boʻlib, bu davrda aholining keng qatlami oliy taʼlim olish imkoniga ega boʻldilar. Ushbu jarayonning aksi sifatida 1918-yilda Kordova Milliy universiteti talabalari butun Lotin Amerikasida (va maʼlum darajada Ispaniyada) Argentinadagi universitetlar islohoti deb nomlangan siyosiy-madaniy harakatni boshladilar. Bu harakat talablari qatorida universitetlarning avtonomligi, birgalikda boshqaruv, demokratlashtirish, kafedralarni tanlov asosida vaqti-vaqti bilan almashtirish kabilar bor edi.

20-asrdagi bir qator harbiy toʻntarishlar va fuqarolik boshqaruvi davrlarida universitet hukmron rejimlarning turli xil aralashuvini boshdan kechirdi va bir necha marta qayta qayta tashkil qilindi. Rejimlar aralashuvi davomida universitetning avtonom boshqaruvi, oʻqish toʻlovlari, senzura bir bekor qilinib, bir qayta joriy etilar, senzuralar davrida bir qator talabalar va professorlarga qarshi qatagʻon siyosati olib borilardi. Buning qoibatida bir qancha oʻqituvchilar mamlakatdan chiqib ketishga ham majbur boʻlgan[5][6].

1983-yilda fuqarolik hukumatining oʻrnatilishi bilan Argentina universitetlari 1918-yilgi universitet islohoti tamoyillariga asoslangan boshqaruv modeliga qaytdilar.

Fakultetlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Infratuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet markazlashgan kampusga ega emas. 1960-yillarda Buenos-Ayresning shimolidagi Rio-de-La-Plata yaqinida "Universitet shaharchasi" (ispancha: Ciudad Universitaria) qurila boshlandi, ammo bugungi kunda u yerda faqat ikkita fakultet (aniq va tabiiy fanlar hamda arxitektura, dizayn va urbanizm) faoliyat yuritadi, qolgan fakultetlar esa Buenos Ayres boʻylab tarqalgan.

Kutubxona va axborot tizimi (ispancha: Sistema de Bibliotecas y de Información, SISBI) 1985-yilda tashkil etilgan boʻlib, universitetning 18 ta fakultet kutubxonalari va boshqa boʻlimlarini oʻz ichiga oladi.[7]

Mashhur bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beshta Nobel mukofoti sovrindorlarining (toʻrt nafar bitiruvchi va bir oʻqituvchi) ismlari universitet bilan bogʻliq. Bu ispan tilida dars beruvchi universitetlar uchun rekord natija hisoblanadi.

Argentinaning koʻplab prezidentlari ham ushbu universitetning bitiruvchilari boʻlgan (qavs ichida prezidentlik yillari berilgan):

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „QS World University Rankings® 2018“. Quacquarelli Symonds. 27-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  2. „Academic Ranking of World Universities 2018“. 16-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  3. „Breve Historia de la Universidad de Buenos Aires“. www.uba.ar. 27-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  4. „La UBA celebra su 195º aniversario“. www.uba.ar. 6-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  5. La Universidad y el Estado terrorista: La Misión Ivanissevich Arxivlandi 4-mart 2016-yil Wayback Machine saytida. Inés Izaguirre, Conflicto Social, Año 4, número 5, Junio 2011, ISSN 1852-2262
  6. Universidad y terrorismo de Estado La UBA: La Misión Ivanissevich Inés Izaguirre, 2009
  7. Sistema de Bibliotecas y de Información“. 26-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]