Kontent qismiga oʻtish

Bristol jomʼe masjidi

Koordinatalari: 51°26′32″N 2°34′55″W / 51.44213°N 2.58195°W / 51.44213; -2.58195
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Bristol jomʼe masjidi
Mamlakat  Angliya
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Hudud Totterdown
Shahar Bristol
Koordinatalar 51°26′32″N 2°34′55″W / 51.44213°N 2.58195°W / 51.44213; -2.58195
Asosiy sana:
1968-yil
Hajmi 840 kishilik
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 48.5 m
Gumbaz yoʻgʻonligi 25.5 m
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 88 m

Bristol jomʼe masjidi — Angliyaning Bristol shahri Totterdown hududidagi masjiddir. Bu Bristoldagi birinchi masjid boʻlib, hozirda Angliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi eng katta masjid hisoblanadi. Bino foydalanilmay qoʻyilgan cherkov oʻrnida ochilgan boʻlib, 1968-yilda sotib olingan va masjidga aylantirilgan. Keyinchalik u gumbaz va minora bilan bezatilgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidda bitta gumbaz va bitta minoraga ega. Masjidda erkaklar ham, ayollar ham namoz oʻqishlari mumkin; asosiy zal (700 kishilik) va alohida ayollar namozxonasi (140 kishilik) bor[2]. Binoda, shuningdek, bolalar uchun sinf xonalari va diniy bayramlar va boshqa uchrashuvlarni oʻtkazish uchun tadbirlar zali mavjud. Asosiy zalda yogʻochdan qilingan minbar oʻrnatilgan[3]. Masjid islomning barcha anʼanalari va Bristolning musulmon boʻlmagan jamoasi uchun ochiqdir. Bristol jom’e masjidi roʻyxatdan oʻtgan xayriya tashkiloti va 2009-yilda tashkil etilgan shahardagi masjidlarning koʻp konfessiyali tashkiloti Bristol Masjidlari Kengashi (CBM) aʼzosi hamdir[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bristol jom’e masjidi dastlab Anglikan missiyasi xonasi boʻlib, 1889-yilda qurilgan va 1964-yilda yopilgan Sant-Katherine cherkovi oʻrnida joylashgan[5]. 1968-yilda Bristol musulmonlari assotsiatsiyasi foydalanilmayotgan binoni cherkov kengashidan konvertatsiya qilish uchun sotib olgan[3][5]. 1980-yilda inshootga gumbaz va minora qoʻshilgan[3]. Bu Bristoldagi birinchi masjid boʻlib, hozirda Angliya janubi-gʻarbiy qismidagi eng katta masjiddir[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jamia Mosque Bristol“. Victoria County History. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
  2. „Bristol Jamia Mosque“. Mosques map. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „The Bristol Jamia Mosque“. M Shed. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "mshed" defined multiple times with different content
  4. „Bristol Jamia Mosque“. All Mosques Together. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
  5. 5,0 5,1 „Bristol Jamia Mosque“. Victoria County History. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.