Brikin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brikin — Shotlandiyaning sharqiy qismida joylashgan shahar. Angus Okrugida joylashgan. Shaharda piktlar tarixini oʻrganishga bagʻishlangan Piktaviya muzeyi mavjud.

Shahar nomining etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumotlarga qaraganda, Brikin soʻzi kelt - tilidan olingan, ammo uning aniq maʼnosi boʻyicha bir toʻxtamga kelinmagan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brikin uzoq yillik tarixga ega boʻlib, u haqidagi dastlabki maʼlumotlar 970 — yilga oid, ammo undan avvalgi yillarda shahar hududida Piktlar istiqomat qilishganligi maʼlum. 1350 — yil shaharda vabo tarqalgan boʻlib, 1648 — yilda ushbu holat yana takrorlangan. Ikkinchi vabo epidemiyasi davomida aholining uchdan ikki qismi vafot etgan. 19 — asrga kelib, Brikinda [[tekstil] ishlab chiqarish boshlandi, bu esa shahar iqtisodiyotining rivojiga sabab boʻldi. 1895 — yilda shaharning sharqiy qismiga temiryoʻl oʻrnatilgan.

Tarixiy obidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning qadimiy qismida turli davrlarga oid koʻplab tarixiy obidalar mavjud. Misol uchun, Kafedra sobori, mexanika insituti.

Kafedra Sobori — Kelt ibodatxonasining oʻrniga qurilgan boʻlib, u haqida dastlabki maʼlumotlar, 10 — asrda, Shotlandiya qiroli Kennet 2 tomonidan cherkov ahliga yer-mulk tortiq qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarda qayd etilgan. Mexanika insituti — 1838-39 yillarda asos solingan. Muhandis Jon Xenderson tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, Insitut binosi Tyudorlar sulolasining uslubida qurilgan. Binoda 3 ta fakultet va 1 ta kutubxona mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

undiscoveredscotland.co.uk/brechin/brechin/index.html

https://brechincathedral.org.uk/ (Wayback Machine saytida 2022-12-13 sanasida arxivlangan)