Branko Ilić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Branko Ilić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Branko Ilić
Tavallud sanasi 6-fevral 1983-yil (1983-02-06) (41 yosh)
Tavallud joyi Ljubljana, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Grosuplje
0000—2002 Olimpia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2004 Olimpia 55 (0)
2002Grosuplje (Ijara) 13 (2)
2005—2007 Domžale 63 (2)
2007Betis (Ijara) 13 (0)
2007—2010 Betis 21 (0)
2009FC Moscow (Ijara) 6 (0)
2010—2011 Lokomotiv Moskva 11 (0)
2012—2013 Anorthosis 26 (1)
2013—2014 Hapoel Tel Aviv 29 (1)
2014—2015 Partizan 27 (4)
Milliy terma jamoa
2001 Sloveniya U19 3 (1)
2003—2005 Sloveniya U21 9 (0)
2004—2015 Sloveniya 63 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Branko Ilić (talaffuzi: Branko Ilich) (1983-yil 6-fevralda tugʻilgan) — sloveniyalik sobiq professional futbolchi. Odatda oʻng qanot himoyachisi yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Oʻz mamlakatida u „ Olimpiya Ljubljana“ (ikki mavsum), Grosuplje va Domjale (ikki marta) tarkiblarida maydonga tushgan. Branko Ispaniya, Rossiya, Kipr, Isroil, Serbiya, Qozogʻiston, Yaponiya va Daniyada ham professional milliy chempionat uchrashuvlarida ishtirok etgan.

2004 va 2015-yillar oraligʻida Ilić Sloveniya terma jamoasi tarkibida 2010-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi, Sloveniya Sotsialistik Respublikasi, Lyublyana shahrida tugʻilgan Ilić oʻz faoliyatini mahalliy NK Olimpiya jamoasida boshlagan va u yerda 2003-yilda „Koper“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Branko 2005-yilning yanvarida sobiq jamoasi bankrot boʻlganidan keyin „NK Domjale“ jamosiga oʻtgan.

Ilić 2007-yilning yanvarida „Real Betis“ jamosiga ijaraga berilgan va ularda oʻynagan ilk sloveniyalik futbolchi boʻlgan[1]. Uning birinchi rasmiy uchrashuvi Ispaniya kubogi chorak finalida „Sevilya“ga qarshi kechgan[2]. 4-fevral kuni u birinchi marta La Ligada maydonga tushgan va "Atletik Bilbao "ga qarshi oʻyinda (2:1) Robertning goliga assistentlik qilgan[3][4].

Ijobiy mavsumda soʻng[5] Andalusiya jamoasi 200- yilning yozida 1,5 million yevro evaziga transferni huquqini sotib olgan, ammo Ilić 2008/2009-yillarda SL Benfika Nelson bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, mavsumda davomida faqat uchta oʻyinda maydonga tushgan[6].

2009-yil 6-sentyabrda Moskva FK Ilićni Betisdan bir yilga ijaraga olgan. 2010-yil yanvar oyi oxirida uni klubdan ozod qilishgan[7] va darhol Moskvaning boshqa jamoasi Lokomotivga uni tarkibiga qoʻshib olgan[8].

2010-yilning 13-avgustida Sky Sports nashri Ilić Angliyada Premyer-liganing „Blackpool“ klubida sinovdan oʻtayotgani haqida xabar bergan[9]. Ammo sinov muvaffaqiyatsiz oʻtgan. 2013-yil 5-iyunda Kipr birinchi divizionida Anorthosis Famagusta FC bilan bir mavsum oʻtkazganidan soʻng u jamoadoshi Yurgen Kolin bilan Isroilning „Hapoel Tel-Aviv“ klubiga qoʻshilgan[10].

Ilić 2014-yilning 10-iyulida Serbiyaning „Partizan“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[11]. Keyingi yozda u Qozogʻiston Premyer-ligasi chempioni „Astana“ tarkibiga qoʻshilgan[12].

2016-yilning 6-yanvarida Ilić Yaponiyaning Urawa Red Diamonds klubi bilan shartnoma imzolagan[13]. Keyingi yilning 5-fevralida u oʻz vataniga qaytib, Lyublyananing "Olimpiya " jamoasiga qoʻshilgan[14].

Ilić 2019-yilning 15-yanvarida Daniyaning Vejle Boldklub klubi bilan shartnoma imzolagan[15]. 2020-yil iyul oyida Domzale bilan ikkinchi marta ajoyib mavsumdan soʻng, 36 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilganm[16].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilić Sloveniyani yoshlar toifasida himoya qilgan va 2001-yil oktyabr oyida Gretsiyaga qarshi oʻyinda 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida debyut qilgan[17]. U, shuningdek, 21 yoshgacha boʻlganlar tarkibida UEFA musobaqalarida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan[17].

Ilić 2004-yilning 18-avgustida Serbiya va Chernogoriya termalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvida kattalar safida debyut qilgan. U 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoaga kiritilgan[18].

Umuman olganda, Ilić oʻz mamlakati uchun 63 oʻyin oʻtkazib[19] UEFA Yevro-2016 saralashida San-Marino darvozasiga bitta gol urgan[20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Olimpija 2002—2003 Sloveniya Prva Liga 13 0 2 0 15 0
2003—2004 26 0 1 0 3 0 30 0
2004—2005 16 0 2 0 18 0
Jami 55 0 5 0 3 0 63 0
Grosuplje (Ijara) 2002—2003 sloveniya Ikkinchi Ligasi 13 2 0 0 13 2
Domžale 2004—2005 Sloveniya Prva Liga 13 0 0 0 13 0
2005—2006 34 2 2 0 5 0 41 2
2006—2007 16 0 1 0 4 0 21 0
Jami 63 2 3 0 9 0 75 2
Betis (Ijara) 2006—2007 La Liga 13 0 13 0
Betis 2007—2008 La Liga 18 0 18 0
2008—2009 3 0 3 0
Jami 21 0 0 0 0 0 21 0
FC Moscow () 2009 Rossiya Premyer Ligasi 6 0 0 0 6 0
Lokomotiv Moscow 2010 Rossiya Premyer Ligasi 1 0 0 0 1 0
2011—2012 10 0 1 0 2 0 13 0
Jami 11 0 1 0 2 0 14 0
Anorthosis 2012—2013 Kipr Birinchi Divizioni 26 1 2 0 4 0 32 1
Hapoel Tel Aviv 2013—2014 Isroil Premyer Ligasi 28 1 1 0 4 0 33 1
Partizan 2014—2015 Serbiya Super Liga 27 4 5 0 9 0 41 4
Astana 2015 Qozogʻiston Premyer Ligasi 9 0 0 0 12 0 21 0
Urawa Red Diamonds 2016 J1 Liga 0 0 0 0 1 0 1 0
Olimpija 2017—2018 Sloveniya Prva Liga 30 0 4 0 2 0 36 0
2018—2019 Sloveniya Prva Liga 11 0 1 0 7 0 19 0
Jami 41 0 5 0 9 0 55 0
Vejle 2018—2019 Daniya Super Ligasi 5 0 0 0 5 0
Domžale 2019—2020 Sloveniya Prva Liga 4 0 0 0 2 0 6 0
Karyerada jami 322 10 22 0 55 0 399 10

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[21]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Sloveniya 2004-yil 1 0
2005-yil 6 0
2006-yil 8 0
2007-yil 10 0
2008-yil 9 0
2009-yil 1 0
2010-yil 4 0
2011-yil 3 0
2012-yil 0 0
2013-yil 9 0
2014-yil 5 0
2015-yil 7 1
Jami 63 1
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2015-yil 27-mart Stožice, Lyublyana, Sloveniya  San Marino 6-0 6-0 Yevro-2016 saralashi[22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „El esloveno Branco [sic] Ilic pasó reconocimiento médico antes de firmar con el Betis“ (ispancha). Marca (25-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 17-avgust 2012-yil.
  2. Melero, Delfín. „El Betis aguanta el primer asalto ante un perezoso Sevilla“ (ispancha). Marca (1-fevral 2007-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2015-yil.
  3. „Athletic Bilbao 1–2 Real Betis“. ESPN Soccernet (4-fevral 2007-yil). Qaraldi: 17-avgust 2012-yil. [sayt ishlamaydi]
  4. Melero, Delfín. „Un 'machote' Betis sale reforzado de San Mamés“ (ispancha). Marca (4-fevral 2007-yil). Qaraldi: 28-aprel 2016-yil.
  5. Cariño, Carlos. „Si Chaparro quiere, puedo jugar de central“ (ispancha). Diario AS (9-fevral 2008-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2015-yil.
  6. „Ilic: "Siempre estoy preparado para jugar"“ (ispancha). Marca (12-fevral 2009-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2015-yil.
  7. Ramírez. „Branko Ilic se desvincula del Betis“ (ispancha). El Desmarque (18-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
  8. „Илич подписал контракт с "Москвой"“ (ruscha). Sports.ru (19-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2010-yil.
  9. „Pool look at Slovenian, Holloway weighs up move for Ilic“. Sky Sports (13-avgust 2010-yil). Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.
  10. „http://www.one.co.il/Article/218138.htmll“ (he). One (2013-yil 6-iyun). Qaraldi: 6-iyun 2013-yil.
  11. „Iliću se konačno ispunila želja da pređe u Partizan“ (serbcha). FK Partizan (10-iyul 2014-yil). 13-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2014-yil.
  12. „http://fca.kz/rus/news/4434/“ (ruscha). FC Astana (6-iyul 2015-yil). 2015-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2015-yil.
  13. „http://www.urawa-reds.co.jp/topteamtopics/%E3%83%96%E3%83%A9%E3%83%B3%E3%82%B3%E3%83%BB%E3%82%A4%E3%83%AA%E3%83%83%E3%83%81%E9%81%B8%E6%89%8B-%E5%8A%A0%E5%85%A5%E5%86%85%E5%AE%9A%E3%81%AE%E3%81%8A%E7%9F%A5%E3%82%89%E3%81%9B/“ (yaponcha). Urawa Red Diamonds (6-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  14. Dominko. „Obramba zmajev močnejša za Branka Ilića“ (slovencha). SN Portal (5-fevral 2017-yil). Qaraldi: 5-fevral 2017-yil.
  15. Christensen. „VB skriver med erfaren slovener“ (datcha). Vejle Boldklub (15-yanvar 2019-yil). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  16. Viškovič. „Čudovito nogometno popotovanje slovenskega Franza Beckenbauerja“ (slovencha). Siol (21-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.
  17. 17,0 17,1 „Branko Ilić“. UEFA. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  18. „World Cup 2010: No surprises in final Slovenia squad“. BBC Sport (2-iyun 2010-yil). Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
  19. Viškovič. „Čudovito nogometno popotovanje slovenskega Franza Beckenbauerja“ (slovencha). Siol (21-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.
  20. Sever. „Slovenia set new record win against San Marino“. UEFA (27-mart 2015-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.
  21. „Branko Ilič“. European Football. Qaraldi: 4-noyabr 2015-yil.
  22. Sever. „Slovenia set new record win against San Marino“. UEFA (27-mart 2015-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.