Branislav Ivanović
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Branislav Ivanović[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-fevral 1984-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Sremska Mitrovica, SR Serbia, SFR Yugoslavia | ||
Boʻyi | 1.85 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002–2004 | Srem | 19 | (2) |
2004–2006 | OFK Beograd | 55 | (5) |
2006–2008 | Lokomotiv Moskva | 54 | (5) |
2008–2017 | Chelsea | 261 | (22) |
2017–2020 | Zenit Saint Petersburg | 90 | (8) |
2020–2021 | West Bromwich Albion | 13 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2003–2007 | Serbia U-21 | 38 | (4) |
2005–2018 | Serbia | 105 | (13) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Branislav Ivanović (22-fevral, 1984-yil) – Serbiyalik sobiq professional futbolchi. Ivanović asosan oʻng qanot himoyachisi hamda markaziy himoya pozitsiyalarida toʻp surgan.
Ivanovic oʻz karyerasini tugʻulgan shahrining klubi FK Srem bilan boshlaydi. 2004-yil yanvar oyida u yuqori diviziondagi OFK Belgrad klubiga koʻchib oʻtadi. Oradan ikki yil oʻtgach esa Rossiyaga transfer qilinadi va Rossiya Premyer Ligasida Lokomotiv Moskva tarkibida toʻp suradi. 2008-yil yanvar oyida Chelsea 9 million funt sterling evaziga Ivanovicni oʻz safiga qoʻshib oladi. U ingliz klubi safida toʻqqizta katta sovrinni qoʻlga kiritadi, ular orasida uchta Premyer Liga, uchta Angliya kubogi, bitta Ligada kubogi, UEFA chempionlar ligasi va UEFA Yevropa Ligasi kuboklari bor. Jami hisobda Londonliklar safida u 377 ta oʻyin oʻtkazdi va 34 ta gol uradi, bu esa uni klub tarixida 300dan ortiq oʻyinlarda ishtirok etgan besh nafar chet ellik futbolchilardan biriga aylantiradi. Himoyachilar orasida faqat Jon Terry klub safida undan koʻra koʻproq gol ura olgan. Bundan tashqari, Ivanovic ikki marotaba PFA Yil jamoasiga kiritilgan. U 2017-yil fevral oyida Rossiyaga qaytib, Zenit tarkibiga qoʻshiladi.
Ivanović 2005-yil iyun oyida Serbiya tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazadi va umumiy hisobda 100dan ortiq oʻyinlar va 13 gol qayd etadi. U mamlakati mustaqil boʻlganidan soʻng qatnashgan ilk yirik turnirida ishtirok etishiga yordam beradi, yaʼni Serbiya bilan Janubiy Afrikadagi 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatida qatnashadi. Himoyachi 2012-yilda milliy jamoasining sardori etib tayinlandi. U 2018 FIFA Jahon chempionatiga qadar kapitan vazifasida boʻladi. U turnirda oʻyinlari sonini 105tagacha yetkazib Serbiya tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi boʻlib oladi[4].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatining ilk yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivanović 2002-yilda otasining ortidan FK Srem klubi bilan futbolchilik faoliyatini boshlaydi[5]. U oʻzining professional debyutini ushbu klubda amalga oshirdi va koʻplab birinchi divizion jamoalarining eʼtiboriga tushdi.
OFK Belgrad
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yil dekabr oyida Ivanović OFK Belgrad tarkibiga qoʻshildi.
Belgradda toʻp surgan vaqtlari uning jamoasi kutilganidan yuqori natijalarga erishdi, hatto 2004 yilgi UEFA Intertoto kubogining yarim finalgacha yetib bordi. Serbiya yuqori diviziyasida ikki yil oʻynaganidan soʻng, Ivanovićga Yevropaning turli klublaridan qiziqishlar boshlandi.
Lokomotiv Moskva
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil yanvar oyida Ivanović Rossiya Premyer-ligasi klubi Lokomotiv Moskva bilan shartnoma imzoladi[6].
2006-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Slavoljub Muslin qoʻl ostida toʻp surgan 22 yoshli serbiyalik dastlbaki mavsumidanoq asosiy tarkibdagi oʻrnini mustahkamlab oldi. U 28ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi boʻldi.
2007-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moskva klubidagi ikkinchi va oxirgi mavsumida Ivanović 26 ta liga oʻyinida maydonga tushdi va 3ta gol muallifi boʻldi. Lokomotivning ligada omadi yurishmagan boʻlsada oʻsha mavsum ular Rossiya kubogini qoʻlga kiritishadi[7].
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 15-yanvarda Premyer Liga jamoasi Chelsea klubi Ivanović transferini eʼlon qildi[8]. Futbolchi uchun kurashda inglizlar MIlan, Ajax, Juventus, Inter kabi jamoalardan ustun keldi. Transfer qiymati 13 million yevro (9,7 million funt sterling) etib belgilandi va oʻsha vaqtdagi Rossiya futbol tarixidagi eng qimmat transfer boʻlganini eʼlon qildi[9]. Ivanović Londonliklar bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi, u yerda unga Glen Johnsondan keyin boʻsh qolgan 2-raqam berildi[10].
Zenit
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 1-fevral kuni Ivanović Chelsea bilan toʻqqiz yillik muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Rossiyaning Zenit jamoasiga koʻchib oʻtdi[11]. 2017-yil 16-fevral kuni Ivanović oʻzining Zenit tarkibidagi debyutini oʻtkazgan[12].
Himoyachi Zenit safida jami 125ta oʻyin oʻtkazgan va 12 gol muallifiga aylangan[13].
West Bromwich Albion
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning 15-sentyabr sanasida Ivanović West Bromowich klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Ivanović Premyer Liga klubida jami hisobda 13ta oʻyinda maydonga tushadi, ammo klub Chempionshipga qaytib tushib ketganidan soʻng katta tanqidlar ostiga olinadi[14]. 2021-yilning 27-may sanasida esa u oʻz shartnomasi yakunlangandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qiladi[15].
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]21 yoshgacha jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivanovićning U-21 jamoasidagi debyuti 2003-yilning 15-dekabrida Ohrid sharida boʻlib oʻtgan Makedoniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazilgan. U oʻzining debyut golini ham huddi shu jamoaga qarshi ikki kundan soʻng kechgan 7-0 hisobida yakunlangan oʻyinda kiritgan[16].
Jami hisobda u yoshlar jamoasida 38ta oʻyin oʻtkazgan va 4ta gol muallifiga aylangan[17].
Asosiy jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivanović asosiy jamoadagi debyutini 2005-yilning 8-iyun sanasida Toronto shahrida boʻlib oʻtgan Italiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, ushbu oʻyinda himoyachi 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi[18].
Ivanović Serbiya safidagi debyut golini 2007-yilning 12-sentyabr sanasida 2008-yilgi UEFA Yevropa chempionatining saralash bahsida Portugaliyaga qarshi kechgan oʻyinda kiritadi[19].
2010-yilgi FIFA Jahon Chempionatida ham u qaydnomaga kiritladi va toʻliq ravishda oʻyinlarda ishtirok etadi[20].
Himoyachi 2018-yilgi FIFA Jahon Chempionati uchun Serbiya tarkibiga kiritiladi va turnirda ishtirok etadi[21]. U chempionat doirasida Kosta-Rika[22] va Shvetsariyaga qarshi kechgan bahslarda maydonga tushadi[23]. Bu orqali Ivanović terma jamoasi safida jami 105 oʻyin bilan eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi boʻlib oladi[24].
Ivanovićning laqabi „Bane“ boʻlgan. U Nataša isimli ayolga turmushga chiqadi va hozirda toʻrt nafar farzandning otasi hisoblanadi[25].
U serbiyalik vatandosh tennischilari Novak Djokovic, Jelena Janković va Ana Ivanoviclarning doʻsti hisoblanadi[26].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba:[27]
Klub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
FK Srem | 2002–03 | Serbiya va Chernagoriya 2-ligasi | 3 | 0 | 3 | 0 |
2003–04 | Serbiya va Chernagoriya 2-ligasi | 16 | 2 | 16 | 2 | |
Umumiy | 19 | 2 | 19 | 2 | ||
OFK Belgrad | 2003–04 | Serbiya va Chernagoriya 1-ligasi | 13 | 0 | 14 | 0 |
2004–05 | Serbiya va Chernagoriya 1-ligasi | 27 | 2 | 35 | 3 | |
2005–06 | Serbiya va Chernagoriya 1-ligasi | 15 | 3 | 18 | 4 | |
Umumiy | 55 | 5 | 67 | 7 | ||
Lokomotiv Moscow | 2006 | Rossiya Premyer ligasi | 28 | 2 | 32 | 3 |
2007 | Rossiya Premyer ligasi | 26 | 3 | 39 | 4 | |
Umumiy | 54 | 5 | 71 | 7 | ||
Chelsea | 2007–08 | Premyer Liga | 0 | 0 | 0 | 0 |
2008–09 | Premyer Liga | 16 | 0 | 26 | 2 | |
2009–10 | Premyer Liga | 28 | 1 | 41 | 1 | |
2010–11 | Premyer Liga | 34 | 4 | 48 | 6 | |
2011–12 | Premyer Liga | 29 | 3 | 45 | 5 | |
2012–13 | Premyer Liga | 34 | 5 | 59 | 8 | |
2013–14 | Premyer Liga | 36 | 3 | 50 | 3 | |
2014–15 | Premyer Liga | 38 | 4 | 49 | 6 | |
2015–16 | Premyer Liga | 33 | 2 | 43 | 2 | |
2016–17 | Premyer Liga | 13 | 0 | 16 | 1 | |
Umumiy | 261 | 22 | 377 | 34 | ||
Zenit Saint Petersburg | 2016–17 | Rossiya Premyer ligasi | 10 | 1 | 11 | 1 |
2017–18 | Rossiya Premyer ligasi | 27 | 2 | 38 | 5 | |
2018–19 | Rossiya Premyer ligasi | 28 | 1 | 41 | 2 | |
2019–20 | Rossiya Premyer ligasi | 25 | 4 | 35 | 4 | |
Umumiy | 90 | 8 | 125 | 12 | ||
West Bromwich Albion | 2020–21 | Premyer Liga | 13 | 0 | 15 | 0 |
Umumiy statistika | 492 | 42 | 674 | 62 |
Terma Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba[28]
Terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Serbiya va Chernagoriya | 2005 | 1 | 0 |
Serbiya | 2006 | 2 | 0 |
2007 | 6 | 1 | |
2008 | 8 | 2 | |
2009 | 11 | 1 | |
2010 | 10 | 0 | |
2011 | 9 | 1 | |
2012 | 10 | 2 | |
2013 | 10 | 0 | |
2014 | 9 | 1 | |
2015 | 7 | 2 | |
2016 | 9 | 2 | |
2017 | 8 | 0 | |
2018 | 5 | 1 | |
Umumiy | 105 | 13 |
Sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lokomotiv Moskva[29]
- Rossiya kubogi: 2006–07
Chelsea
- Premier League: 2009–10, 2014–15, 2016–17[30]
- Angliya kubogi: 2008–09[31], 2009–10[32], 2011–12[33]
- Football League Cup: 2014–15[34]
- FA Community Shield: 2009[35]
- UEFA Chempionlar ligasi: 2011–12[36]
- UEFA Yevropa ligasi: 2012–13[37]
- FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: finalchi: 2012[38]
Zenit Saint Petersburg
- Russian Premyer ligasi: 2018–19,[39][40] 2019–20[41]
- Russian Cup: 2019–20[42]
Serbiya va Chernogoriya U-21[27]
- UEFA Yevropa chempionati U-21 finalchi: 2004
Serbiya U21[27]
- UEFA Yevropa chempionati U-21 finalchi: 2007
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 213-bet. ISBN 978-1-84596-601-0.
- ↑ „Player Profile: Branislav Ivanović“. Chelsea F.C.. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Najviše utakmica za reprezentaciju“ (sr). reprezentacija.rs (2018-yil 17-iyun).
- ↑ „Teenage Kicks: Branislav Ivanovic.“. Chelsea F.C. (2015-yil 15-may). — „Srem were my first club.“. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
- ↑ „Branislav Ivanović potpisao za Lokomotivu“. mondo.rs (2006-yil 2-fevral).
- ↑ Stringer. „Moscow's Jakupoic a...“ (en) (2007-yil 27-may). Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
- ↑ „Ivanović statement“. Chelsea F.C. (2008-yil 15-yanvar). 2014-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ url=http://www.sovsport.ru/news/text-item/279598 |access-date=18 April 2014
- ↑ „Ivanović signs“. Chelsea F.C. (2008-yil 16-yanvar). 2014-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
- ↑ „Branislav Ivanovic joins Zenit“. Zenit Saint Petersburg Official Site (2017-yil 1-fevral). 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
- ↑ „Anderlecht vs. Zenit“. Soccerway (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
- ↑ „Branislav Ivanovic Drops And Breaks Glass Russian Cup Trophy During Wild Celebrations“ (en). sportbible.com (2020-yil 26-iyul). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „West Brom made big mistake signing Branislav Ivanovic“ (en). Read West Brom (2020-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „Albion announce retained and released lists | West Bromwich Albion“ (en). West Bromwich Albion F. C.. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „Ohridski biseri“. glas-javnosti.rs (2003-yil 18-dekabr). 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
- ↑ „Ivanović Branislav“. reprezentacija.rs (2009-yil 15-dekabr).
- ↑ „English Angle: Branislav Ivanovic In Profile – Should Chelsea Keep Their Man?“. Goal (website) (2009-yil 10-aprel). Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
- ↑ „Ivanović strike denies Portugal points“. UEFA (2007-yil 12-sentyabr). 2007-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-yanvar.
- ↑ „Serbia cuts goalkeeper Brkic to make 23“. ESPN (2010-yil 1-iyun). Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ „Soccer: Krstajic names Serbia's final 23-man World Cup squad“. Reuters (2018-yil 1-iyun). Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
- ↑ Timothy Abraham. „Costa Rica 0–1 Serbia“. BBC Sport (2018-yil 17-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
- ↑ Matthew Henry. „Serbia 1–2 Switzerland“. BBC Sport (2018-yil 23-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
- ↑ „Najviše utakmica za reprezentaciju“ (sr). reprezentacija.rs (2018-yil 17-iyun).„Najviše utakmica za reprezentaciju“.
- ↑ „Bane ima dušu veliku kao Srem“ (sr). Blic (2009-yil 12-aprel). Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ „Home | Chelsea Football Club“. Chelsea F.C.. 2013-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 27,0 27,1 27,2 „B. Ivanović“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.„B. Ivanović“.
- ↑ „Ivanović, Branislav“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
- ↑ „B. Ivanović“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.
- ↑ „Branislav Ivanovic: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Bevan, Chris. „Chelsea 2–1 Everton“. BBC Sport (2009-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 1–0 Portsmouth“. BBC Sport (2010-yil 15-may). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 2–1 Liverpool“. BBC Sport (2012-yil 5-may). 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 2–0 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2015-yil 1-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 2–2 Man Utd“. BBC Sport (2009-yil 9-avgust). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ McNulty, Phil. „Bayern Munich 1–1 Chelsea“. BBC Sport (2012-yil 19-may). 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ McNulty, Phil. „Benfica 1–2 Chelsea“. BBC Sport (2013-yil 15-may). 2016-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Emons, Michael. „Chelsea 0-1 Corinthians“. BBC (2012-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
- ↑ „Zenit is the Russian Premier League champion“ (ru). Russian Premier League (2019-yil 4-may).
- ↑ „20 Zenit players became Russian champions for the first time“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (2019-yil 4-may).
- ↑ „Zenit crowned 2019/20 RPL champions“. Russian Premier League (2020-yil 5-iyul).
- ↑ „Late Dzyuba penalty seals Russian Cup for Zenit“. Russian Premier League (2020-yil 25-iyul).
- 22-fevralda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Angliyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Rossiyadagi chet ellik erkak futbolchilar
- Serbiyalik chet ellik erkak futbolchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- FC Lokomotiv Moskva futbolchilari
- OFK Beograd futbolchilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- Serbiyalik erkak futbolchilar
- Serbiya va Chernogoriya erkak futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- West Bromwich Albion F.C. futbolchilari
- Premyer-liga legionerlari
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha