Botir Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botir Ikromjonovich Rahimov
Tavalludi 30-iyun 1966-yil (1966-06-30) (57 yosh)
Kasbi Tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi Diyora Usmonova

Botir Ikromjonovich Rahimov (1966-yil 30-iyun, Qoʻqon) — oʻzbek tadbirkori, „Paxtakor“ futbol klubi va „Oʻzbekiston“ mehmonxonasining sobiq egasi.[1]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistondagi eng boy tadbirkorlardan biri.[2] „Botir alyuminiy“ laqabi bilan tanilgan. 2001-yilda „Kapitalbank“ xususiy bankini ochdi.[3] Shuningdek, u moliya, sugʻurta, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish, qurilish biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan koʻplab kompaniyalarga asos solgan.

Katta oilada tugʻilgan — uning besh akasi va ikki opasi bor.[2] 2010-yilda Rahimov hibsga olingan, ammo uning hibsga olinishi sababi nomaʼlum.[1][3] 2016-yilda Rahimov Bobur Usmonovning bevasi (rossiyalik oʻzbek millatiga mansub milliarder Alisher Usmonovning jiyani) va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasining jiyani Diyora Usmonovaga uylanganini eʼlon qildi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Хозяин «Пахтакора» оштрафован“. Узбекская служба Радио «Свобода» (2012-yil 7-iyul). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Хозяин «Пахтакора». Батыр Рахимов - один из богатейших людей Узбекистана“. ЦентрАзия (2006-yil 1-iyun). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „И «Майбах» для Лолы не помог. СМИ сообщают, что арестован богатейший человек Узбекистана Рахимов“. Avesta (2010-yil 10-mart). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  4. „Чем известна «узбекская принцесса», Диора Усманова - племянница жены Шавката Мирзиеева (фото)“. Кабарлар (2016-yil 5-dekabr). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.