Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Башҡорт Автономиялы Совет Социалистик Республикаһы, Başqortostan Avtonomialь Sovet Sotsialistik Respublikahь

Gerb (Taʼrif)
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Tegishli Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tarkibida  RUS SSSR
Maʼmuriy markazi Temyasovo (1919)
Sterlitamak (1919—1922)[1]
Ufa (1922-yildan)
Asos solingan sanasi 23-mart 1919-yil
Bekor qilingan sanasi 11-oktyabr 1990-yil
Rasmiy tillar boshqird tili & rus tili
Aholi 3 943 100[2]
Maydoni 142,9 ming[3] km²
Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xaritada

Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Boshqird ASSR, BASSR, Sovet Boshqirdistoni[4], Boshqirdiston; boshqirdcha: Башҡорт Автономиялы Совет Социалистик Республикаһы, Başqortostan Avtonomialь Sovet Sotsialistik Respublikahь) — RSFSR tarkibidagi avtonom respublika.

Boshqird ASSR 1919-yilning 20-martida Boshqird hukumati va Sovet hukumati oʻrtasida shartnoma imzolanishi natijasida tashkil topgan[5]. Turkiston ASSR (30.04.1918)[6] bilan bir paytda RSFSR tarkibidagi dastlabki avtonom respublikalardan biri hamda shartnoma tuzish orqali tuzilgan yagona respublika hisoblanadi[7]. Boshqird va Sovet hukumati oʻrtasidagi kelishuv 1919-yil 23-martda Butunrossiya Sovetlari Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining „Izvestiya“ gazetasida eʼlon qilingan. Bu kun Boshqird ASSR tashkil topganining rasmiy sanasi hisoblanadi[8].

1990-yilning 11-oktyabr sanasida Boshqird Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat suvereniteti to'g'risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan, avtonom respublika hisoblangan Boshqird SSR nomi Boshqirdistonga (1992-yil 25 fevraldan boshlab Boshqirdiston Respublikasi) oʻzgartirildi.

Respublikaning rasmiy nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yilning 20-martida „Markaziy Sovet va Boshqird hukumatlari oʻrtasidagi Sovet Avtonom Boshqirdistoni toʻgʻrisida bitim“ imzolanishi natijasida Boshkurdiston avtonomiyasi markaziy hokimiyat tomonidan tan olindi va Boshqird Sovet Respublikasi (BSR)ga aylantirildi. Biroq rasmiy hujjatlarda muxtor respublikaga nisbatan turli nomlar qo‘llanilgan:

ASBR — Avtonom Sovet Boshqird Respublikasi;
BSR — Boshqird Sovet Respublikasi;
BSSR — Boshqird Sotsialistik Sovet Respublikasi[9];
ABSSR —Avtonom Boshqird Sotsialistik Sovet Respublikasi;
BASSR — Boshqird Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi.

Vazirlar Kengashi Raislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nosir Urazbayev (1946—1951)
Valey Nabiullin (1951—1962)
Zekeriya Aknazarov (1962—1986)
Marat Mirgazyamov (19861992)

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yil 15-mart — Order of Lenin ribbon bar.png Sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi yutuqlari uchun Lenin ordeni.
1957-yil 13-iyun — Order of Lenin ribbon bar.png Rossiyaga ixtiyoriy ravishda qoʻshilganligining 400 yilligi munosabati bilan, sanoat, qishloq xoʻjaligi va madaniyatni rivojlantirishda erishilgan yutuqlar uchun Lenin ordeni.
1969-yil 21-mart — Order october revolution rib.png Oktyabr inqilobi ordeni kommunistik qurilishda erishilgan yutuqlar uchun va respublikaning 50 yilligi munosabati bilan.
1972-yil 29-dekabr; Xalqlar doʻstligi ordeniSovet xalqlarining birodarlik doʻstligi va hamkorligini mustahkamlashda mehnatkashlarning ulkan xizmatlari, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy qurilishdagi ulkan muvaffaqiyatlari va Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining 50 yilligini nishonlash munosabati bilan — Xalqlar doʻstligi ordeni.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andoza:BRT
  2. 1989-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra.
  3. 1990-yilda
  4. „Башкортостан или Башкирия?/Юлдаш Юсупов - Проект ЗАМАН - первая некоммерческая информационная площадка в Башкортостане, которая объединяет людей науки и культуры“. YouTube.com. 18-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  5. Соглашение Центральной Советской власти с Башкирским Правительством о Советской Автономной Башкирии // Собрание узаконений и распоряжений правительства за 1919 г. — M.: Управление делами Совнаркома СССР, 1943. — С. 653—656.
  6. Манелис Б.Л. {{{заглавие}}}.
  7. Чистяков О.И. {{{заглавие}}}.
  8. Istoricheskaya geografiya Rossii XX veka: sotsialno-politicheskie aspekti // Dok. ist. nauk Olga Vladimirovna Shulgina, MGPU, 2003, s. 252
  9. Государственность Башкортостана в XX веке. https://cyberleninka.ru/article/v/gosudarstvennost-bashkortostana-v-xx-veke. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • А. А. Валидов — организатор автономии Башкортостана. У истоков федерализма в России (1917—1920). Документы и материалы. Ч. 1 / Сост.: Н. М. Хисматуллина, Р. Н. Бикметова, А. М. Галеева, Ю. Р. Сайранов. — Уфа: Китап, 2005. — 392 с. — ISBN 5-295-03702-9
  • Еникеев З. И., Еникеев А. З. История государства и права Башкортостана. — Уфа: Китап, 2007. — 432 с. — ISBN 978-5-295-04258-4
  • Очерки по истории Башкирской АССР / Под ред.: А. П. Смирнова, Н. В. Устюгова, А. И. Харисова, Г. Ф. Шафикова, Р. Г. Кузеева; Академия наук СССР, Башкирский филиал. Институт истории, языка и литературы. — Уфа: Башкирское книжное издательство, 1956. — Т. I, часть первая. — 304 с. — 10 000 экз.
  • Istoriya administrativno-territorialnogo deleniya Respubliki Bashkortostan (1708—2001): Sbornik dokumentov i materialov. — Уфа: Kitap, 2003. — 536 s.
  • Gataullin R. Sh. Dinamika administrativno-territorialnogo podchineniya istoricheskogo Bashkortostana // Materiali IV Vserossiyskoy nauchno-prakticheskoy konferensii „Organizatsiya territorii: Statika, dinamika, upravlenie“ / BGPU im. Akmulli, Bashkortostanstat. — Ufa: Bashkortostanstat, 2007. — 288 s.
  • Uralskaya istoricheskaya ensiklopediya / Pod red. V. V. Alekseeva. — Yekaterinburg: Uralskoe otdelenie RAN, 1999.
  • Obrazovanie Bashkirskoy Avtonomnoy Sovetskoy Sotsialisticheskoy Respubliki: sbornik dokumentov i materialov / Akad. nauk SSSR, Bashk. filial, In-t istorii, yaz. i lit., TsGA BASSR, Partarxiv Batik, obkom KPSS ; sost. : L. A. Vagapova, G. X. Gumerov, R. U. Kuziev [i dr.]; pod red. B. X. Yuldashbaeva ; otv. sost. i avt. „Vvedeniya“ B. X. Yuldashbaev. — Ufa : Bashknigoizdat, 1959. — 990 s.
  • Yuldashbaev B. X. Borba Z. Validi za gosudarstvennost bashkir i rojdenie „Sovetskoy avtonomii“ // Mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya po probleme „Istoriya i kultura narodov Yevrazii : drevnost, srednevekove i sovremennost“ („Pervie Validovskie chteniya“), 22-24 sentyabrya 1992 goda. — Ufa, 1992. — S.10-14. — (Vostokovedenie v Bashkortostane : Istoriya i kultura ; Vip. 2).
  • Yuldashbaev B. X. Perviy subʼekt : 75 let nazad bila provozglashena avtonomiya Bashkirii // Sovetskaya Bashkiriya. — 1994. — 23 marta.
  • Yuldashbaev B. X. Bashkiri i Bashkortostan : XX vek : Etnostatistika. — Ufa : Bashkortostan, 1995. — 105 s.
  • Yuldashbaev B. X. Zarubejnaya sovetologiya o bashkirskom natsionalizme i obrazovanii avtonomnoy Respubliki Bashkortostan = The foreign sovitology about bashkir nationalism and the establishment of the autonomic republic of Bashkortostan… // Uchreditelniy kurultay avtonomnogo Bashkortostana (dekabr 1917 goda). Dokumentalnie materiali. — Ufa, 1997. — S. 91-115.
  • Yuldashbaev B.X. Uchreditelniy kurultay avtonomnogo Bashkortostana (dekabr 1917 goda) : Dokumentalnie materiali s prilojeniem. — Ufa : Gilem, 1997. — 120 s.
  • Yuldashbaev B. X. Natsionalno-gosudarstvennoe ustroystvo Bashkortostana (1917—1925 gg.). Dokumenti i materiali : TT. 1-4. — Ufa : Kitap, 2002—2009. 3672 s.