Borisov Arena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
\

Joyi Barysaw, Belarus
Koordinatalari 54°11′35″N 28°28′31″E / 54.19306°N 28.47528°E / 54.19306; 28.47528 G OKoordinatalari: 54°11′35″N 28°28′31″E / 54.19306°N 28.47528°E / 54.19306; 28.47528 G O
Asos solingan 2011-2014
Qachon ochilgan 3-may, 2014-yil (9 yil avval) (2014-05-03)
Egasi BATE Borisov
Yuzasi Grass
Inshoot narxi 40,000,000 [1]
Meʼmor OFIS Architects
Hajmi 13,126[2]
Maydon oʻlchami 105 m × 68 m (344 ft × 223 ft)
Maydon egalari
FC BATE Borisov (2014-)
Belarus milliy futbol terma jamoasi (2014-2017; 2019)

Borisov Arenas (Belarus: Barisaoʻ-Arena, Barysaw-Arena; ruscha: Borisov-Arena) — Belarusning Borisov shahrida joylashgan futbol stadioni. FC BATE Borisov va Belarus milliy futbol terma jamoasining uy stadionidir. Stadion 13.126 nafar futbol ishqibozini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda BATE FK UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan birinchi Belarus klubi boʻldi. Klubning Borisovdagi stadioni guruh bosqichi oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha UEFA talablariga javob bera olmadisdi. Shu bois BATE oʻz raqiblarini „Dinamo Minsk“ stadionida qabul qilishga majbur boʻlgan. Keyingi yil borisovliklar UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga yoʻllanma olishdi. Klub bosh direktori Anatoliy Kapskiy UEFA talablariga javob beradigan 12-15 ming sigʻimga ega yangi stadion qurish rejasi haqida maʼlum qildi.

Stadionni loyihalashtirish ishlari Sloveniyaning „Ofis arhitekti“ nomli kompaniyasiga topshirilgan. Namuna sifatida Maribordagi „Ljudski vrt“ stadioni olingan. Loyihalashtirish ishlari 2010-yilning yozida oʻz yakuniga yetgan. Shuningdek, asosiy loyihaga qoʻshimcha ravishda taxminan 3000 m2 savdo kompleksi ajratilgan. Keyinchalik loyihaga baʼzi oʻzgartirishlar kiritilgan. Borisov Arenaning qurilish jarayoni 2010-yilning 12-noyabr kuni rasman boshlangan.

Borisov Arenadagi birinchi rasmiy oʻyin 2014-yil 3-may kuni oʻtkazilgan. Ochilish bahsi 2013—2014-yilgi Belarus kubogining final oʻyiniga toʻgʻri kelgan. Final „Neman Grodno“ va „Shakhtyor Soligorsk“ klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan soligorskliklar 1-0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritishgan. Ukrainalik yarim himoyachi Artem Starhorodskiy Borisov arena tarixidagi ilk gol muallifiga aylangan.

Milliy jamoa ishtirokidagi oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus milliy futbol jamoasi 2014-yil 4-sentyabr kuni Borisov Arenada oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazgan. Oʻrtoqlik oʻyinida Tojikiston terma jamoasini 6-1 hisobida magʻlub etgan[5]. Birinchi rasmiy uchrashuv 2014-yilning 9-oktyabr kuni oʻtkazilgan. Yevro — 2016 saralashi doirasida Belarus termasi 10.512 tomoshabin koʻz oʻngida Ukrainaga 0-2 hisobida magʻlub boʻlgan[6].

Oʻyinlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Raqib Natija Tomoshabinlar soni Musobaqa
1 4-sentyabr, 2014-yil Tojikiston Tojikiston 6-1 2,400 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 9-oktyabr, 2014-yil Ukraina Ukraina 0-2 10,512[6] Yevro — 2016 saralash
3 12-oktyabr, 2014-yil Slovakiya Slovakiya 1-3 3,684[7] Yevro — 2016 saralash
4 18-noyabr, 2014-yil Meksika Meksika 3-2 6,700 Oʻrtoqlik uchrashuvi
5 14-iyun, 2015-yil Ispaniya Ispaniya 0-1 13,121 Yevro — 2016 saralash
6 8-sentyabr, 2015-yil Lyuksemburg Luksemburg 2-0 3,482 Yevro — 2016 saralash
7 12-oktyabr, 2015-yil Shimoliy Makedoniya Makedeniya 0-0 1,545 Yevro — 2016 saralash
8 6-sentyabr, 2016-yil Fransiya Fransiya 0-0 12,920 JCH — 2018 saralash
9 10-oktyabr, 2016-yil Lyuksemburg Luksemburg 1-1 9,011 JCH — 2018 saralash
10 9-iyun, 2017-yil Bolgariya Bolgariya 2-1 6,150 JCH — 2018 saralash
11 9-sentyabr, 2017-yil Shvetsiya Shvetsiya 0-4 6,431 JCH — 2018 saralash
12 7-oktyabr, 2017-yil Niderlandiya Niderlandiya 1-3 6,850 JCH — 2018 saralash
13 8-iyun, 2019-yil Germaniya Germaniya 0-2 12,510 Yevro — 2020 saralash
14 11-iyun, 2019-yil Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 0-1 5,250 Yevro — 2020 saralash

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OFIS Architects (Ofis-a.si)
  2. „Borisov Arena“. StadiumDB. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  3. „Borisov Arena at FCBate.by“. 2017-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  4. „Season tickets on sale 20 Jan (FCBate.by)“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-yanvar.
  5. „Belarus vs. Tajikistan 6:1“. Soccerway.com. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Belarus vs. Ukraine 0:2“. Soccerway.com. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  7. „Belarus vs. SLOVAKIA 1 - 3“. Soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 24-aprel.