Kontent qismiga oʻtish

Boris Borovik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Borovik
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Boris Borovik
Tavallud sanasi 20-avgust 1979-yil (1979-08-20) (45 yosh)
Tavallud joyi Turkmaniston
Ampluasi Himoyachi / yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2005 Nisa
2005 Gazchi
2006 Andijon 3 (0)
2006 Nisa
2006 Marv
2007 Shoʻrtan 1 (0)
2008 Ashxobod
Milliy terma jamoa
2004 Turkmaniston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Boris Borovik (ruscha: Боровик, Борис; 1979-yil 20-avgustda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagnaidan soʻng ham futbol tizimida qolgan va murabbiy, hakam sifatida ishlagan. Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyatining katta qismini Ashxobodning „Nisa“ jamoasida oʻtkazgan, bir necha bor chempion (2001, 2003) va Turkmaniston chempionati sovrindori, mamlakat kubogi finalchisi (2000, 2003) boʻlgan, Osiyo klub turnirlari oʻyinlarida qatnashgan. Turkmanistonning „Gazchi“, „Marv“ va „Ashxobod“ klublarida ham oʻynagan. 2005-yilda „Gazchi“ tarkibida chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritgan, 2008-yilda esa Ashxobod bilan mamlakat chempioni boʻlgan. 2006-yilda „Marv“ tarkibida u OFK kubogi uchun arizaga kiritilgan.

Boris Oʻzbekistonning „Andijon“ va „Shoʻrtan“ klublari tarkibida oʻynagan, ammo Oʻzbekiston oliy ligasida 8 ta oʻyinda maydonga tushib, tarkibda oʻz oʻrnini topa olmagan.

Boris Turkmaniston terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 2004-yil 9-oktyabrda Shri Lankaga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyinida 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va sariq kartochka olgan[1].

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u Turkmaniston futbol federatsiyasida ishlagan, u yerda ayollar futboli va futzal boʻyicha ixtisoslashgan, ayollar terma jamoasi maʼmuri va turli ayollar jamoalarida murabbiy boʻlgan[2]. Borovik „Ahal“ ayollar futzal terma jamoasiga ustozlik qilgan va jamoani milliy chempionatda (2023) bronza medallarini olishida hissa qoʻshgan[3]. Kopetdagʻ murabbiylar shtabida ham ishlagan[4]. Plyaj futboli oʻyinlariga havola qilingan va ushbu sport turida FIFA referisi unvonini olgan (2012)[5].