Kontent qismiga oʻtish

Bomba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chor bomba (SSRI) — eng quvvatli atom bombasi.

Bomba (lotincha: bombus — shovqin) — 1) artilleriya snaryadining eski nomi. Silliq stvolli artilleriyada ichi boʻsh sferik choʻyan korpusdan, qora porox zaryadidan va porox tarkibi zichlab tiqilgan yogʻoch naychadan iborat snaryadlar bomba yoki granatalar deb atalgan. Bombaning zaryadi naychadagi modda yongandan keyin portlaydi. XIX asrdan boshlab rus armiyasida bir pud (16 kg) dan ortiq snaryadlar bomba deb atalgan, 122 mm li tuplarning snaryadi ham XX asr 30-yillarigacha bomba deyilgan; 2) Birinchi jahon urushida ishlatilgan bomba irgʻitkichning portlab parchalanadigan snaryadi; 3) poroxning stvol ichidagi gaz kuchi va haroratini ulchash uchun ishlatiladigan asbob; 4) aviatsiya bombasi (qanotli snaryadlar deb atash rasm boʻlgan); 5) suv osti kemalarini portlatish uchun moʻljallangan snaryad; 6) atom bombasi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil