Boloyi hovuz xonaqohi madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boloyi hovuz xonaqohi madrasasi
Turi madrasa
Xarita

Boloyi hovuz xonaqohi madrasasi hujralari soni o‘ndan oshiq bo‘lib, manbalarda aniq ko‘rsatilmagan. Ulardan ayrimlari saqlanib qolgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr boshlarida mashhur usta Shirin Murodov, usta Abdusalom va usta G‘afur tomonidan qayta taʼmirlangan. Taʼmir jarayonida uning hovuzga tomon sharqiy qismiga bir necha go‘zal ustunlar bilan ayvon qo‘shilgan. Xoja Nihol madrasasi vaqf hujjatlari orasida Mir Sano Abdulloh ibn Mir Abul Atoxoja ismli kimsa ham Xoja Nihol va Sitorai Moh xonim madrasasi hamda Boloyi hovuz xonaqohi uchun to‘shamchi, chirog‘i uchun mablag‘ ajratgan. Bemor talabalar ro‘yxatida Boloyi hovuz xonaqohi nomi Boloyi hovuz madrasasi bilan yonma-yon turibdi. Unda taʼlim olayotgan mulla Abdujabbor xastalikka chalingan talabalar qatorida ko‘rsatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 221.