Bolnisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolnisi (gruzincha: ბოლნისი, ozarbayjoncha: Qəmərli), Gruziya davlatining shaharlaridan biri hisoblanadi. Kvemo Kartli mintaqasida joylashgan va Bolnisi tumanining markazidir. Hozirda u yerda taxminan 13 800 nafar aholi yashaydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolnisi shahar hokimiyati

Bolnisi shahriga 1818-yilda Rossiya imperiyasining Gruziya gubernatorligi tarkibida boʻlgan Svabiya shahridan 95 ta nemis mustamlakachi oilalari joylashtiriladi. Nemis mustamlakachilari kelgandan keyin, shahar nomi Vyurtemberg qiroli bilan turmush qurgan Tsar Aleksandr I ning singlisi Yekaterina Pavlovna sharafigaYekaterinenfeld (ruscha: Екатериненфельд) deb oʻzgartiriladi;(nemischa: Katharinenfeld). Taxminan sakkiz yildan keyin, Yekaterinenfeld "tatarlar" tomonidan talon-toroj qilinadi[1][2]. 20-asr boshlarida Yekaterinenfeld aholisi 2332 ta nemis va ruslardan iborat boʻlgan[3].

1921-yilda rus inqilobi va Gruziya sovetlashtirilgandan keyin, Yekaterinenfeld mashhur nemis kommunisti Roza Lyuksemburg sharafiga Lyuksemburg (ruscha: Люксембург) deb o‘zgartiriladi.1941-yilda Stalinning etnik guruhlarga nisbatan olib borgan siyosatiga koʻra, etnik gruzin aholilari bilan turmush qurmagan Lyuksemburgda yashovchi barcha nemislar Sibir va Qozogʻistonga deportatsiya qilinadi. 1943-yil 3-aprel yilga kelib shahar nomi nihoyat Bolnisi deb oʻzgartiriladi.Sovet Ittifoqi qulagandan keyin ham bu nom oʻzgarishsiz qoladi.

1967-yil 31-dekabrda Bolnisi posyolkasiga shahar maqomi beriladi[4]. 1980-yilda shaharda asosiy suv taʼminoti tarmogʻi quriladi.

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar aholisining asosiy mashgʻulotlari uzumchilik, bogʻdorchilik, mevachilik va chorvachilik hisoblanadi. Shu bilan birga, Yekaterinenfeldda irrigatsiya, yer osti drenaj va irrigatsiya kanallari, vino, konyak va pishloq zavodlari, charm va mebel fabrikalari ham qurilgan. Shahar iqtisodining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Bundan tashqari, vino zavodi, pivo zavodlari ham yalpi ichki mahsulotning asosiy qismini tashkil etadi.

Din va madaniy meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolnisi muzeyi

Bolnisi uzoq vaqtdan beri episkop yoki arxiyepiskopning markazi boʻlib kelgan va Gruziyadagi eng qadimgi nasroniy tuzilmasining oʻchogʻidir[5]. U Bolnisi Sioni nomi bilan tanilgan. Ushbu uch nefli bazilika cherkovi eramizning 5-asriga to'g'ri keladi va uning ichkarisida butparast elementlar mavjud. Asl tom buzilib ketgan, ammo keyin zamonaviy qoplama bilan almashtirilgan.

Bolnisi cherkovidan topilgan Bolnisi yozuvlari gruzin yozuvining 5-asr oxiriga tegishli eng qadimgi yozma manba namunalaridan biri hisoblanadi. Unda Bolnisiy yepiskopi Dovud va ikki sosoniy shoh Peroz I va Kavad I esga olinadi.[5]

Bolnisida shahrida hali ham nemis tarixidan qolgan tarixiy topilmalar bor. Kichkina qabriston va lavhalar qishloqdagi nemis taʼsirini yaqqol namoyon etadi. Mill koʻchasi deb nomlangan kichik koʻchada 19-asrga oid nemis meʼmorchiligidan namunalar va 20-asr boshlariga tegishli nemis tilida yozilgan bir nechta xatlar mavjud.

2020-yilda ochilgan Bolnisi muzeyida Dmanisi arxeologik yodgorligidan topilgan baʼzi topilmalar oʻrin olgan. U YUNESKOning Butunjahon merosi obʼektlarining "Afrikadan tashqarida eng boy va eng to'liq shahar qoldiqlari to'plami" da asosiy qismini tashkil etgan[6]. Ushbu yodgorlik Dmanisi hominlaridan boshlab Sakdrisi oltin konigacha qamrab olgan.[7] Muzey binosi Gaga Kiknadze tomonidan loyihalashtirilgan[8]. Koʻrgazma konsepsiyasi Lina Lopes tomonidan ishlab chiqilgan[7]. Bolnisi muzeyi 2021-yilda Yevropa yil muzeyi mukofotiga nomzod bo‘lgan[9].

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolnisi Rossiya imperiyasi tarkibidagi Germaniya mustamlaka shahri boʻlsa-da, 19-asrda velosiped, gimnastika va futbol jamoalariga ega boʻlgan.

1936-yilda tashkil etilgan " Sioni Bolnisi " futbol jamoasi mahalliy futbolchi boʻlgan Tamaz Stepaniya sharafiga nomlangan "Tamaz Stepaniya" stadionida oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi. Shuningdek bu jamoa 2006-yilda bir marta liga chempioni boʻlishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Донские казаки и армянсков население в обороне русских границ“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
  2. Allmendinger, Ernst. Katharinenfeld, ein deutsches Dorf im Kaukasus, 1989. 
  3. Кавказский календарь на 1910 год, 65th (Russian), Tipografiya kantselyarii Ye.I.V. na Kavkaze, kazenny dom, 1910. 
  4. „Болниси“. БСЭ.
  5. 5,0 5,1 Rapp, Stephen H. (2003), Studies In Medieval Georgian Historiography: Early Texts And Eurasian Contexts, p. 316.
  6. „Dmanisi Hominid Archaeological Site“. UNESCO. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  7. 7,0 7,1 Gutbrod, Hans. „Bolnisi Museum — the longest human journey“. OC-Media (2022-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  8. „Brand-new museum in Bolnisi town unveiled for International Museum Day“. Agenda.GE (2020-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  9. „Bolnisi Museum receives acclaim at European Museum of the Year Awards after nomination“. Agenda.GE (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 29-may.