Aleksandr I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr I (1777.12.12, Peter-burg - 1825.19.11, Taganrog)— Rossiya imperatori (1801—25). Otasi impera-tor Pavel I saroydagi fitna oqibatida o‘ldirilgach (1801), taxtga o‘tiradi. A. Vena kongressi va "Muqaddas ittifoq" (1815)ning tashkilotchilaridan biri. U ichki siyosatda mo‘’tadil liberal islohotlarni amalga oshirgan [minis-trliklar va ministrlar kabineti ta’-sis etgan (1802), Peterburgda pedagogi-ka in-ti ochtirgan (1804) va boshqa] bo‘lsada, shu bilan birga harbiy qishloqlar tashkil etadi, dehqon va soldatlar qo‘zg‘olonini shafqatsizlik bilan bostiradi. 1810-yillar o‘rtasidan tarixga arakcheevchilik nomi bilan kirgan o‘ta reaksion ichki si-yosat yurita boshlagan. A. davrida Gruziya (1801), Finlyandiya (1809), Bessarabiya (1812), Ozarbayjon (1813) yerlari; sobiq Varshava gersogligi (1815) Rossiya tomo-nidan bosib olinadi.

Adabiyotlar[tahrir]