Kontent qismiga oʻtish

Bogʻishamol koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bogʻishamol koʻchasi
Map
Avvalgi nom(lar)i Jahon Obidov[1]
Uzunligi 5100 m
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Tuman(lar) Yunusobod
Avtobuslar 19, 29, 38, 50, 63, 115, 129, 198,
Yoʻnalishli taksilar 12i, 137
Diqqatga sazovor joylari Botanika bogʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Toshkent karantin va oʻsimliklarni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot texnologiyalari universiteti talabalar turar joyi
Toshkent hayvonot bogʻi
Fuqarolik Ishlari Boʻyicha Mirzo-Ulugbek Tumani sudi
Musaffo OBI Hayot
Deutsche Konstruktion Group
Tashkent pediatriya tibbiyot instituti
ToshPTI qoshidagi litsey


Bogʻishamol koʻchasiOʻzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan koʻchalardan biridir.

Tarixi va nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchaning sobiq nomi Jahon Obidov koʻchasi edi[1]. Bogʻishamol koʻchasidan tramvay yoʻli oʻtgan edi, ammo keyinchalik tramvaylarni shahardan olib tashlanganidan soʻng, koʻchadagi liniyalar ham olindi. Hozirda koʻchadan bir poyezd yoʻli oʻtadi (Qozogʻistondan Toshkent vokzaligacha boradigan temir yoʻl).

2015-yili Bogʻishamol koʻchasiga Doʻrmon yoʻli uzaytirildi va qoʻshildi. Ushbu koʻcha oʻzgarishida Toshkentning kabel zavodiga chiqish yoʻli paydo boʻldi va Bogʻishamol koʻchasidan Mirzo Ulugʻbek koʻchasiga Doʻrmon yoʻli tomon chiqish mumkin boʻldi[2].

2017-yili Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Bogʻishamol va Yangi shahar koʻchalarini bogʻlovchi yangi yoʻlda transport harakati ochildi. U 2015-yilda Kabel zavodi orqali (Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Bogʻishamol koʻchasigacha) tortilgan yoʻlning davomiga aylandi[3].

13-sentabr 2018-yili Bogʻishamol koʻchasidagi Salar va Yalangʻoch bekatlari oraligʻida “Toshkent-Hojikent” yoʻnalishida harakatlanayotgan elektropoyezd 1966-yilda tugʻilgan ayolni urib yubordi. Quloqchinlarda temir yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi[4].

14-noyabr 2018-yil soat 10:00da Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasida joylashgan sintetik qishlashtirgich sexida yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushdi. Yongʻinni bartaraf etishga 15ta asosiy va 8ta yordamchi maxsus oʻt oʻchirish texnikasi jalb qilindi. Yongʻin soat 12:49da toʻliq oʻchirildi[5].

2022-yilning may oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda akusherlik va ginekologiya instituti yaqinidagi suv bosgan chorrahani sekin kesib oʻtayotgan avtomobillar, piyodalar yoʻlaklari va avtobus bekatlari ham suv ostida qolgani aks etgan videolar paydo boʻldi. Yaqin atrofdagi uylarning hovlilari va kirish joylari ham suv ostida qoldi. Xuddi shunday holat Bogʻishamol koʻchasi va boshqa koʻchalarda ham kuzatildi[6].

Bogʻishamol koʻchasi Amir Temur shox koʻchasidan boshlanadi va Toshkent halqa avtomonil yoʻlida yakunlanadi. Koʻchaning tugashida Qibray tumanining Universitet koʻchasi boshlanadi. Bogʻishamol koʻchasidan Amir Temur shoh koʻchasi, Chimrobod 1-tor koʻchasi, Chingiz Aytmatov koʻchasi, Firdavsiy koʻchasi, Hakimzoda 1-tor koʻchasi, Yangishahar koʻchasi, Oʻrtasaroy koʻchasi, Damariq koʻchasi, Namangan koʻchasi, Shahriobod koʻchasi, Toshkent halqa avtomobil yoʻli kesishadilar.

Mashhur binolar va inshootlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bogʻishamol koʻchasida koʻplab binolar va inshootlar joylashgan.

Juft tomondan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Botanika bogʻi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
  • Toshkent hayvonot bogʻi
  • Deutsche Konstruktion Group
  • ToshPTI qoshidagi litsey
  • Zoologiya instituti
  • Axborot texnologiyalari universiteti talabalar turar joyi
  • Fuqarolik Ishlari Boʻyicha Mirzo-Ulugbek Tumani sudi
  • Musaffo OBI Hayot
  • Tashkent pediatriya tibbiyot instituti
  • Oson - to'lov tizimi bosh offisi

https://oson.com