Bodomzor mahallasi
Bodomzor Bodomzor mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yunusobod |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700000 |
Avtomobil kodi | 01 |
Bodomzor mahallasi (Bodomzor 8-tor koʻcha,47) – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Xiyobontepa, Otchopar-1, Boʻzsuv, Yangitarnov, Shayx Shibliy mahallalari bilan chegaradosh[1]. 19-asr oʻrtalarida asos solingan. Eski shaharda Shayhontohur, Sebzor, Labzak, Beshogʻayni, Raiskoʻcha mahallalari fuqarolarining shu hududda bogʻ hovlilari boʻlgan. Bogʻ hovlilari Boʻzsuv kanali boʻyida joylashgani uchun koʻplab turli mevalar (oʻrik, yongʻoq, uzum, olma, nok, bodom, shaftoli, olcha, nok, gilos) yetishtirishgan. Shuning uchun mahallaga 1935-yil Bodomzor nomi berilgan. Aholisi 2 000 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik millati vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, choyxona va bolalar sport maydonchasi mavjud[2].
Maydoni 27,8 gektar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „“Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi mahallalarning aniq chegaralarini belgilash to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining VI-109-173-14-0-K/24 sonli qarori“ (oʻzbekcha). kengash.gov.uz. Oʻzbekiston hukumati (2024-yil 23-oktabr). Qaraldi: 25-aprel 2025-yil.
- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 133-bet.