Toshkent hayvonot bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshkent hayvonot bogʻi - maʼrifiy va i. t. ishlari olib boradigan muassasa. 1924 yilda 3 ga maydonda Oʻrta Osiyo unti biolog olimlari tashabbusi bilan sobiq podsho generalgubernatorining shahar chekkasidagi dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. 40-yillar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bogʻiga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qaroriga koʻra, 1994—97 yillarda Toshkent hayvonot bogʻib. uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi hayvonot bogʻi qurildi. Botanika bogʻi yaqinida joylashgan mazkur hayvonot bogʻiga 1997 y. 1 sent.da Toshkent hayvonot bogʻib. koʻchib oʻtdi. Umumiy maydoni 22,7 ga. 349 turdagi 3000 dan ortiq jonivorlar, shu jumladan, sut emizuvchilarning 58 turi, qushlarning 74 turi, reptiliyalar va amfibiyalarning 26 turi, baliklarning 191 turi (2141 dona) saklanadi (2004). Akvarium boʻlimida dengiz akvasistemasi barpo etilgan boʻlib, unda dengiz jonivorlari, akula va baliklar, poliplar va boshqa yashash uchun sharoitlar yaratilgan. Hayvonot bogʻi yirtqich qushlarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan (qoraqush, kalxat, boltayutar, kondor va boshqalar). Noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar turlarini koʻpaytirish boʻyicha ilmiy ishlar olib boriladi. Chet ellardagi 86 muzey bilan hayvonlar va ilmiy axborotlar almashish boʻyicha hamkorlik qiladi. 1998 yildan Yevropa—Osiyo zooparklar va akvariumlar mintaqaviy uyushmasiga aʼzo. Toshkent hayvonot bogʻib. Ashxobod, Termiz, Dushanba, Olmaota hayvonot bogʻlarini tashkil topishida bevosita ishtirok etgan.