Panteon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Panteon" (yun. pantheion — ibodatxo-na) — 1) Qad. Rimdagi "barcha xudolar ibodatxonasi" (2-asr). P. yarim doira shaklidagi qirrador gumbazli (diametri 43 m dan oshiq) inshoot. Markazida instituteryerni yoritib turuvchi tuynuk bor (diametri 9 m ga yaqin). Ichki gumbazi hovuzaklarga (kataksimon shaklda) boʻlingan. Kirish tomoni peshtoqli, 16 ta korinf ustunlari (8 tasi peshtoq oldida, qolgani ichkariroqda) bezab turadi. Oʻrta ayerlarda P. cherkovga aylangan. Hozir milliy muzey, unda buyuk italyan sanʼati vakillari (Rafael, B.Perutssi va boshqalar) dafn etilgan; 2) mashhur shaxslar maqbarasi (Rim va Parijdagi P.lar, Londondagi Vestminster abbatligi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil