Bob ul-Mandab boʻgʻozi
Qiyofa
Bob ul-mandab boʻgʻozi (arabcha: Motam darvozasi) — Arabiston yarimorolining janubi-gʻarbiy chekkasi bilan Afrika oraligʻidagi tor boʻgʻoz. Qizil dengizni Adan qoʻltigʻi va Arabiston dengizi bilan qoʻshib turadi. Eng tor joyining eni 26,5 km. Kema qatnaydigan qismi (farvateri)ning eng sayoz joyi 31 m. Uzunligi 109 km. B.ulM. B.da bir necha orol bor (eng kattasi Perim o.). B.ulM. B. katta iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Boʻgʻoz orqali Yevropadan Sharqiy va Janubiy Osiyoga va Avstraliyaga boriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |