Blink-182

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Blink 182dan yoʻnaltirildi)
Blink-182

Chapdan oʻngga: Travis Barker, Tom DeLonge va Mark Hoppus (2023).
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Poway, Kaliforniya
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari
  • 1992–2005
  • 2009 – hozirgacha[1]
Janr Pop-pank, alternativ rok
Leybl
Tarkib
Sobiq aʼzolar
Vebsayt www.blink182.com

Blink-182 AQShda tuzilgan rok-guruh boʻlib, vokalist va bas-gitarachi Mark Hoppus, vokalist va gitarachi Tom DeLonge va dovulchi Travis Barkerlardan iborat. 1992-yili Kaliforniyaning Poway shahrida tashkil topganidan beri butun dunyo boʻylab 50 milliondan oshiq albom sotishgan[2]. Sobiq dovulchi Scott Raynor bilan ular 1994-yili Cheshire Cat albomini tayyorlab, keyingi, 1997-yilgi, bir milliondan ortiq nusxada sotilgan Dude Ranch albomi bilan sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. 1998-yilgi turne davomida Raynor oʻrniga Barker keldi.

Guruh 1999-yili multi-platina sertifikatini olgan va Billboard 200ligida „What's My Age Again?“ va „All the Small Things“ qoʻshiqlari bilan 9-pogʻonaga koʻtarilgan, keyinchalik esa Billboard Hot 100ligida 6-pogʻonani egallagan Enema of the State albomi bilan butunjahon shuhratga erishdi. Blink-182 qoʻshiqlaridagi mutoyiba hissi tufayli mashhur boʻldi, ularning keyingi Take Off Your Pants and Jacket (2001) albomi AQSh, Kanada va Germaniya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarildi. Eponimik nomlangan Blink-182 2003-yili chiqdi, bu albomda guruh tajribaviy musiqa unsurlarini oʻzlarining anʼanaviy pop-pank formulasiga qoʻshib, uslublari voyaga yetganini koʻrsatdi.

DeLonge 2005-yil boshlarida guruhni tark etib, Blink-182 guruhining nomaʼlum muddatga taʼtilga chiqishiga sabab boʻldi. U Angels & Airwaves guruhini tuzdi, bu vaqtda Hoppus va Barker +44 guruhini tashkil qilishdi. Hoppus shuningdek teleboshlovchi boʻlib ishladi, Barker esa prodyuserlik va yakkaxonlik faoliyatlarida davom etdi. Blink-182 2009-yilning fevralida qayta birlashib, 2011-yilning sentyabrida oʻzlarining oltinchi studiyaviy albomi — Neighborhoodsni omma eʼtiboriga havola etishdi. Keyinchalik, 2016-yilda California, 2019-yilda esa Nine albomlarini eʼlon qilishdi. 2023-yilning 20-oktyabrida guruhning toʻqqizinchi albomi boʻlmish One More Time... chiqarildi[3].

Guruh tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi aʼzolari
  • Mark Hoppus – bas-gitara, vokal (1992–2005, 2009 – hozirgacha), gitara (2020)[4]
  • Tom DeLonge – gitara, vokal (1992–2005, 2009–2015, 2022 – hozirgacha), klavishalar (2012)
  • Travis Barker – dovullar (1998–2005, 2009 – hozirgacha); bek-vokal (2003, 2023 – hozirgacha), klavishalar, pianino (2012, 2018–2019)

Sobiq aʼzolari

Sobiq turne aʼzolari

Xronologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Leybl
1994 Cheshire Cat Grilled Cheese
1997 Dude Ranch MCA
1999 Enema of the State MCA
2001 Take off Your Pants and Jacket MCA
2003 Blink-182 Geffen
2011 Neighborhoods DGC, Interscope
2016 California BMG
2019 Nine Columbia
2023 One More Time... Columbia

Jonli albomlar va kompilyatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Leybl
2000 The Mark, Tom, and Travis Show (The Enema Strikes Back!) (jonli albom)
2005 Greatest Hits (kompilyatsiya)
2013 Icon (kompilyatsiya)

Mini-albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Leybl
1995 They Came to Conquer Uranus
2012 Dogs Eating Dogs

Demolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Leybl
1993 Flyswatter Fags in the Wilderness
2nd Demo Nomaʼlum
Buddha (original versiyasi) Filter
1994 Buddha Promo Nomaʼlum
1998–1999 Enema of the State Demo Nomaʼlum

VHS/DVDlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Leybl
2000 Probed Unauthorized Nomaʼlum
2000 The Urethra Chronicles Universal
2001 Man Overboard/Adam's Song Nomaʼlum
2002 The Urethra Chronicles II: Harder Faster Faster Harder Universal
2003 Riding in Vans with Boys Universal
2005 Greatest Hits Geffen

Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • M+M's, 1995
  • Carousel, 1996
  • Wasting Time, 1996
  • Lemmings, 1996
  • Dammit (Growing Up), 1997
  • Josie, 1997
  • Apple Shampoo, 1998
  • Dick Lips, 1998
  • What's My Age Again?, 1999
  • All the Small Things, 2000
  • Adam's Song, 2000
  • Man Overboard, 2000
  • The Rock Show, 2001
  • First Date, 2001
  • Stay Together for the Kids, 2002
  • I Won't Be Home For Christmas, 2002
  • Feeling This, 2003
  • I Miss You, 2004
  • Down, 2004
  • Always, 2004
  • Not Now, 2005
  • Another Girl, Another Planet, 2005
  • Up All Night, 2011
  • After Midnight, 2011
  • Bored to Death, 2016
  • She's Out of Her Mind, 2016
  • Home Is Such a Lonely Place, 2017
  • Blame It on My Youth, 2019
  • Generational Divide, 2019
  • Happy Days, 2019
  • Darkside, 2019
  • I Really Wish I Hated You, 2019
  • Not Another Christmas Song, 2019
  • Quarantine, 2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Blink-182 Confirm Reunion On Grammy Stage", MTV News
  2. „US: Blink-182 Top the US Charts“. BMG Rights Management (2016-yil 11-iyul). 2017-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  3. Kaufman, Gil „Blink-182 Announce Track List, Release Date for 'One More Time…' Reunion Album“. Billboard (2023-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  4. „Quarantine“ (2020-yil 7-avgust). Qaraldi: 2020-yil 7-avgust.
  5. Shooman, 2010. 13–14-bet.
  6. Shooman, 2010. 24-bet.
  7. „Blink-182: Enema of the Stage“. MTV News. 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]