Mark Hoppus
Mark Hoppus | |
---|---|
![]() Mark Hoppus jonli ijro paytida (2011) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Mark Allan Hoppus |
Tugʻilishi |
15-mart 1972-yil (48 yosh) Ridgecrest, California, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Qoʻshiqchi, shoir, teleboshlovchi, musiqa produseri |
Guruh | Blink-182, +44, City (Comma) State, Box Car Racer, Motion City Soundtrack, The Ataris, All Time Low, New Found Glory, Good Charlotte, Simple Plan, Less Than Jake, Owl City |
Faoliyat yillari | 1988—bugun |
Janr | Pop punk, alternative rock, punk rock, skate punk |
Mark Allan Hoppus (15-mart, 1972) amerikalik musiqachi, produser va televoshlovchidir. U Blink-182 pop punk va +44 alternative rock guruhlarining baschi va vokalchisidir. Ikkala guruhni tuzishda qatnashgan. Hoppus shuningdek Idiot Pilot, New Found Glory, The Matches, va Motion City Soundtrack guruhlar uchun albomlar chiqarishda ishtirok etdi. 2010-yil 16-sentabridan Fuse TV kanalida Hoppus on Music haftalik shouni boshlab kelmoqda.[1]
Kaliforniyaning Ridgecrest shahrida tavallud topgan Hoppus bolaligini u uchinchi sinfda oʻqiyotganida ajrashgan ota-onasining uylariga navbatma-navbat koʻchib oʻtkazdi. Skeytbord va punk rock musiqaga qiziqdi, oʻn besh yoshida ota unga bas gitara olib berdi. Singlisi Anne uni kursdoshi Tom DeLonge bilan tanishtirgunicha Hoppus turli guruhlarda gitara chalib yurdi. Hoppus va DeLonge keyin Blink-182 guruhiga asos solib, keng shuhratga erishishdi. Blink-182 2005-yili tarqalib, Hoppus Travis Barker bilan +44 guruhini tuzdi. 2009-yili Blink-182 qayta yigʻildi. Biroq Hoppus +44 loyihasini „tugadi“, deb hisoblamaydi.[2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Coming to Fuse This Fall: Hoppus on Music. Fuse.tv (2010-06-22). 2010-06-22.
- ↑ Alternative Press Magazine. Interview with Mark Hoppus. Asl nusxadan arxivlandi (2009-05-18). 2009-05-16.
Havolalar[tahrir]
![]() |