Blink-182

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Blink-182
Blink-182, 2016.jpg
Chapdan oʻngga: Mark Hoppus, Travis Barker va Matt Skiba (2016).
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Poway, California
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 19922005, 2009 - bugun[1]
Janr pop punk
Leybl Grilled Cheese, Cargo Music, Kung Fu, MCA, Geffen, Interscope, DGC
Tarkib Tom DeLonge
Mark Hoppus
Travis Barker
Sobiq aʼzolar Scott Raynor (1992 - 1998)
Vebsayt www.blink182.com

Blink-182 amerikalik rock guruh boʻlib, vokalist va bas gitarachi Mark Hoppus, vokalist va gitarachi Tom DeLonge va dovulchi Travis Barkerlardan iborat. 1992-yili Kaliforniyaning Pauey shahrida tashkil topganidan beri butun dunyo boʻylab 28 milliondan oshiq albom sotishgan. Sobiq dovulchi Scott Raynor bilan ular 1994-yili Cheshire Cat albomini tayyorlab, keyingi, 1997-yilgi, bir milliondan ortiq nusxada sotilgan Dude Ranch albomi bilan sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. 1998-yilgi turne davomida Raynor oʻrniga Barker keldi.

Guruh 1999-yili multi-platina sertifikatini olgan va Billboard 200ligida „What's My Age Again?“ va „All the Small Things“ qoʻshiqlari bilan 9-oʻringa chiqqan, keyinchalik esa Billboard Hot 100ligida 6-pogʻonani egallagan Enema of the State albomi bilan butunjahon shuhratga erishdi. Blink-182 qoʻshiqlaridagi mutoyiba hissi tufayli mashhur boʻldi, ularning keyingi Take Off Your Pants and Jacket (2001) albomi Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Olmoniya chartlarida 1-raqamga chiqdi. Eponimik nomlangan Blink-182 2003-yili chiqdi, bu albomda guruh tajribaviy musiqa unsurlarini oʻzlarining anʼanaviy pop punk formulasiga qoʻshib, uslublari voyaga yetganini koʻrsatdi.

DeLonge 2005-yil boshlarida guruhni tark etib, Blink-182 nomaʼlum muddatga taʼtilga chiqishiga sabab boʻldi. U Angels & Airwaves guruhini tuzdi, bu vaqtda Hoppus va Barker +44 guruhini tashkil qilishdi. Hoppus shuningdek teleboshlovchi boʻlib ishladi, Barker esa produserlik va yakkaxonlik faoliyatlarida davom etdi. Blink-182 2009-yil fevralida qayta birlashib, 2011-yil sentabrida oʻzlarining oltinchi studiyaviy albomi — Neighborhoodsni omma eʼtiboriga havola etishdi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Yozuv leybli
1994 Cheshire Cat Grilled Cheese
1997 Dude Ranch MCA
1999 Enema of the State MCA
2001 Take off Your Pants and Jacket MCA
2003 Blink-182 Geffen
2011 Neighborhoods DGC, Interscope
2016 California BMG
2019 Nine Columbia

Jonli albomlar va kompilyatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reliz sanasi Nomi Leybl
2000 The Mark, Tom, and Travis Show (The Enema Strikes Back!) (live)
2005 Greatest Hits (compilation)
2013 Icon (compilation)

EPlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reliz sanasi Nomi Leybl
1995 They Came to Conquer Uranus
2012 Dogs Eating Dogs

Demolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reliz sanasi Nomi Leybl
1993 Flyswatter Fags in the Wilderness
2nd Demo Noma'lum
Buddha (Original versiyasi) Filter
1994 Buddha Promo Noma'lum
1998-1999 Enema of the State Demo Noma'lum

VHS/DVDlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reliz sanasi Nomi Leybl
2000 Probed Unauthorized Noma'lum
2 may, 2000 The Urethra Chronicles Universal
2001 Man Overboard/Adam's Song Noma'lum
2002 The Urethra Chronicles II: Harder Faster Faster Harder Universal
9 dekabr, 2003 Riding in Vans with Boys Universal
1 noyabr, 2005 Greatest Hits Geffen

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • M+M's, 1995
  • Carousel, 1996
  • Wasting Time, 1996
  • Lemmings, 1996
  • Dammit (Growing Up), 1997
  • Josie, 1997
  • Apple Shampoo, 1998
  • Dick Lips, 1998
  • What's My Age Again?, 1999
  • All the Small Things, 2000
  • Adam's Song, 2000
  • Man Overboard, 2000
  • The Rock Show, 2001
  • First Date, 2001
  • Stay Together for the Kids, 2002
  • I Won't Be Home For Christmas, 2002
  • Feeling This, 2003
  • I Miss You, 2004
  • Down, 2004
  • Always, 2004
  • Not Now, 2005
  • Another Girl, Another Planet, 2005
  • Up All Night, 2011
  • After Midnight, 2011
  • Bored to Death, 2016
  • She's Out of Her Mind, 2016
  • Home Is Such a Lonely Place, 2017
  • Blame It on My Youth, 2019
  • Generational Divide, 2019
  • Happy Days, 2019
  • Darkside, 2019
  • I Really Wish I Hated You, 2019
  • Not Another Christmas Song, 2019
  • Quarantine, 2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]