Bilaman, bu – hayot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Bilaman, bu – hayot“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„7-albom“ albomidan
Qachon chiqarilgan 1997
Yozib olingan 1997
Janr pop-rok
Davomiyligi 5:34
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
„7-albom“ xronologiyasi
„Oʻzbekiston“ Bilaman, bu – hayot „Yoʻqoldi ishonch“

Bilaman, bu — hayot“ (shunchaki „Bilaman, bu hayot“ va „Bu hayot“ oʻlaroq ham yoziladi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1997-yil chiqarilgan „7-albom“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[2].

„Bilaman, bu — hayot“ „Bolalar“ guruhining 1990-yillarning ikkinchi yarimida chiqarilgan eng taniqli qoʻshiqlarining biridir. Tarona sol major tonalligida yozilgan boʻlib[3], uning akustik versiyasi ham mavjud. Guruh 2020-yillarda bergan konsertlarida akustik versiyani ijro etishni odat qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Болалар" гуруҳининг 7 чи оригинал альбоми“. YouTube (28-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 18-sentyabr 2022-yil.
  2. „Bilaman bu hayot“. Spotify. Qaraldi: 18-sentyabr 2022-yil.
  3. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]