Muvaffaqiyat kaliti

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muvaffaqiyat kaliti
Muallif(lar) Dale Carnegie
Tarjimon(lar) Fatxulla Namozov
Til inglizcha
Janr(lar)i Ommabop psixologiya
Nashr etilgan sanasi 1926
1936
1948
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2010
Sahifalar soni 720
ISBN ISBN 978-9943-08-473-5

„Muvaffaqiyat kaliti“ yoki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida. Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati. Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“amerikalik psixolog Dale Carnegie qalamiga mansub „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People), „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking), „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ (inglizcha: How to Stop Worrying and Start Living) kitoblarini oʻzida jamlagan toʻplam.

Toʻplam rus tiliga 1990-yillar boshida tarjima qilingan va tez orada keng shuhrat qozongan. Asar rus tilida bir necha nashriyot tomonidan bir necha marta nashr qilingan. Ruscha toʻplamga uch kitob kiritilgan boʻlsa-da, ayrim hollarda uning nomi shunchaki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (ruscha: Как завоевать друзей и оказывать влияние на людей) deb yuritiladi.<<Muvaffaqiyatni o'rganib bo'lmaydi, biroq muvaffaqiyatsizlik - katta bilim va qunt, degan edi ixtirochi, Qatiyatli insonlar to'xtab qolmaydilar maqsadlan san qat'iy boradilar. Har bir xayrli ishga ijobiy qarang, yaxshisiga umid qiling.

Muvaffaqiyat qat'iylikda. Masalan, barcha biror ishni baja- rish imkonsiz deb turganida bir qat'iyatli inson, «Bo'lishi mum- kin!» deydi-da, o'sha ishni uddalaydi.

Aniq reja va maqsad bilan yashaydigan insonlar doimo mu- nosib va muvaffaqiyatli umr kechiradilar. Jeyms Dayson Entamyalik bu tinib-tinchimas odam eng yax shi changyutkichni yaratish uchun 15 yil davomida roppa-rosa 5126 xil changyutkich namünasini Ixtiro qilgan O'z yurtida uni hech kim qo'llamagan, Yaponiyalik sar- moyadorning yordami bilan o'zi istaganidek bekam-ko'st chang- yutkichni yaratishga erishgan. Mana shundan ko'rishimiz mumkinki muvaffaqiyatga ossongina erishib bo'lmaydi!

Toʻplamga kiritilgan kitoblar oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. „Muvaffaqiyat kaliti“ toʻplamini oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 2010-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.