Berk oʻlka
Berk oʻlka (inglizcha: endorheic basin) – oqar suvlari ichki dengiz yoki okeanga borib quyilmaydigan oʻlka. Iqlimi qurgʻoq boʻlganidan berk oʻlkada suv kam boʻladi. Ayrim daryolargina kesib utib, okeanga quyiladi (mas. Nil daryosi). Berk oʻlkada bunday daryolarga odatda kuyi va oʻrta oqimida birorta ham irmoq kelib quyilmaydi, aksincha, sugʻorishga sarf boʻlishi, yer ostiga sizib ketishi va koʻplab bugʻlanishi natijasida daryolarning suvi kamayib boradi. Yogʻinning hammasi bugʻlanib ketadi. Berk oʻlkadagi yirik daryolar (Idel, Ural, Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili va boshqalar) maʼlum biron koʻlgagina quyiladi, kichikroq daryolar (Oʻrta Osiyodagi Zarafshon, Qashqadaryo, Chuy, Talas, Tajan, Murgʻob, Atrek kabi daryolar) esa sugʻorishga sarf boʻlishi, bugʻlanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida yoʻl-yoʻlakay tugab ketadi. Eng katta berk oʻlkalar Afrika va Osiyoda. Kaspiy dengizi havzasi va Oʻrta Osiyo (Orol dengizi va Balxash koʻli) havzalari eng katta berk oʻlkalardan hisoblanadi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |