Berk oʻlka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Berk oʻlka — oqar suvlari ichki dengiz yoki okeanga borib quyilmaydigan oʻlka. Iqlimi qurgʻoqboʻlganidan Berk oʻlkada suv kam boʻladi. Ayrim daryolargina kesib utib, okeanga quyiladi (mas. Nil daryosi). Berk oʻlkada bundam daryolarga odatda kuyi va oʻrta oqimida birorta ham irmoq kelib quyilmaydi, aksincha, sugʻorishga sarf boʻlishi, yer ostiga sizib ketishi va kuplab bugʻlanishi natijasida daryolarning suvi kamayib boradi. Yogʻinning hammasi bugʻlanib ketadi. Berk oʻlkadagi yirik daryolar (Volga, Ural, Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili va boshqalar) maʼlum biron kulgagina quyiladi, kichikroq daryolar (Oʻrta Osiyodagi Zarafshon, Qashqadaryo, Chuy, Talas, Tajan, Murgʻob, Atrek kabi daryolar) esa sugʻorishga sarf boʻlishi, bugʻlanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida yoʻlyoʻlakay tugab ketadi. Eng katta Berk oʻlkalar Afrika va Osiyoda. Kaspiy dengizi havzasi va Oʻrta Osiyo (Orol dengizi va Balxash koʻli) havzalari eng katta Berk oʻlkalardan hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Berk oʻlka" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil