Bekzod Abdurahmonov
- Vikipediyada ismi Bekzod va familiyasi Abdurahmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
15-mart 1990-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
| Sport | |
| Qaysi sport | erkin kurashchisi |
| Medallar | |
|
| |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
| Bronza | Tokio 2020 | 74 kg |
| Jahon chempionati | ||
| Bronza | Toshkent 2014 | 70 kg |
| Bronza | Budapesht 2018 | 74 kg |
| Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
| Oltin | Inchxon 2014 | 70 kg |
| Oltin | Jakarta 2018 | 74 kg |
| Osiyo chempionati | ||
| Oltin | Doʻha 2015 | 70 kg |
| Oltin | Nyu Deli 2017 | 70 kg |
Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov (1990-yil 15-martda) – oʻzbek erkin kurashchisi, 2014-2018-yillarda Osiyo oʻyinlari ikki karra chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, 2016-yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi hamda Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori. Keyinchalik sport sohasidagi yutugʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[1] va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1990-yil Toshkentda tugʻilgan. 2012-2013- yillarda xalqaro New-York Atletic janglarida 4-oʻrinni egallagan. 2014-yilda u Deyv Shuls xotirasiga bagʻishlangan turnirning kumush medali[2] va Osiyo oʻyinlari chempioni, shuningdek, jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. 2015-yil Bokudagi Oltin Gran-pri finalida gʻalaba qozondi[3].
2016-yilda u tailandlik Padipat Vantavong, latviyalik Albert Yurchenko, avstriyalik Amirxon Visalimov, qirgʻizistonlik Sayakbay Usupov va ispaniyalik Taymuraz Friyevni magʻlubiyatga uchratib, Rio-de-Janeyro Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[4]. Ammo 1/8 finalda rossiyalik Aniuar Geduyevga, uchinchi oʻrin uchun kurashda ozarbayjonlik Jabroil Gasanovga yutqazib, finalga chiqa olmadi.
2018-yil Budapeshtda oʻtkazilgan erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida Abdurahmonov ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O nagrajdenii gruppi sportsmenov i trenerov, dobivshixsya visokix rezultatov na XXXMII letnix Olimpiyskix igrax v gorode Tokio President.uz
- ↑ Bekzod Abduraxmanov: „Vernus v MMA posle Olimpiyskix igr“ (Wayback Machine saytida 2022-05-20 sanasida arxivlangan) Wrestdag.ru
- ↑ Bekzod Abduraxmonov stal pobeditelem Golden Gran-pri v Baku Uznews.uz
- ↑ Bekzod Abduraxmanov i Abbos Raxmanov zavoevali putevki na Igri v Rio Uz.sputniknews.ru
- ↑ „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.