Angara
Angara | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 779 km |
Maydoni | 1 040 000 km² |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
ГВР | 16010100112116200000012 |
Vikiomborda "Angara" nomli sahifa mavjud |
Angara – Rossiya Federatsiyasining Irkutsk vi-loyati va Krasnoyarsk o‘lkasidagi daryo. Yeniseyning eng sersuv irmog‘i. Uzunligi 1779 km. Havzasining maydoni 1,040 ming km². Baykal ko‘lidan oqib chiqadi. Aso-siy irmoqlari: o‘ngdan – Ilim, chapdan – Irkut, Belaya, Oka, Taseeva. Qor va yomg‘irdan suv oladi. Quyilish yerida o‘rtacha suv sarfi 5100 m³/sek. Quyi oqimida oktabr– noyabrda, Bratsk suv om-borida noyabr-dekabrda muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. A.ning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. A.da Irkutsk, Bratsk, Ust-Ilim GESlar ish-lab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). A. boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pri-stanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. A.da baliq ko‘p. 475
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |