Buryat tili (buryatcha: буряад хэлэн) — buryatlar tili. Moʻgul tshlari guruhiga mansub. Buryat tilida soʻzlovchilar soni 500 mingdan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Grammatik kurilishiga koʻra agglyutinativ. Unlilar tizimi singarmonizm qoidalariga boʻysunadi; qisqa va choʻziqlari mavjud. Buryat tili uziga xos boy lugat tarkibiga ega. 20-asr boshlarigacha buryatlarning oʻz yozuvi bulmagan. 18-asrdan ish yuritish va savod chiqarishda eski moʻgʻul yozuvidan foydalanilgan. 1931-yilda lotin alifbosi asosida yozuv yaratilgan, 1939-yildan esa Kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Zamonaviy buryat adabiy tili 30-yillar 2-yarmida xori dialekti asosida shakllangan.[2]