Baygʻanin (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Baygʻanin tumani
qoz. Байғанин ауданы
tuman
Tarkibida Aqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Qoravulkeldi
Asos solingan sanasi 1928
Akim Aqqul Nurjan Baydauletuli
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 22,617[1]
Zichligi 0,4 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 61 000 km²
Baygʻanin tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71345[2]
Pochta indeksi 030300-030312[3]
Avtomobil raqami kodi D, 04

Baygʻanin tumaniAqtoʻbe viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 61,000 km2. Aholisi 22,6 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,4 kishidan toʻgʻri keladi (2012). Tuman markazi — Qoravulkeldi qishlogʻi.

Tarix[tahrir]

1928-yil Aday okrugi tarkibidagi Tabin tumani nomi bilan tashkil topdi. 1929-yili tuman Aktyubinsk okrugiga tarkibiga qoʻshildi. 1940-yilda tuman nomi Baygʻanin tumani deb oʻzgartirildi. 1963-yil yanvar oyida tuman parchalandi va 1964-yil dekabr oyida qaytadan tashkillashtirildi[4].

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 25°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori janubiy hududlarida 150 mm, shimolida 250 mm.

Madaniyat[tahrir]

Tumanda 20 kutubxona, 15 klub mahkamlari, 2 xalq hunar jamaosi xizmat koʻrsatadi. Tuman markazida muzey ham ochilgan[5].

Manbalar[tahrir]