Baxtiyor Zokirov (kimyogar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxtiyor Sabirjanovich Zakirov(1946.02.19 — hozirgi kungacha) — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyogar, kimyo fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi.[1]

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Sabirjanovich Zakirov 1946 — yilda 19 — fevral kuni Toshkent viloyatining Boʻka tumanida tavallud topgan.

Otasi, Sobirjon Zokirov Zangiota tumani „Tulebi“ jamoa xoʻjaligida agronom boʻlib ishlagan, onasi, uy bekasi, Baxtiyordan tashqari uch oʻgʻil va toʻrt qizni voyaga yetkazgan.

1965-1970-yillar - Toshkent davlat universiteti talabasi.

1965-1970-yillar  — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti texnigi, katta laboranti, kichik ilmiy  xodimi.

1970-1971yy. — Harbiy xizmatda.

1971-1979-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi.

1980-1980-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi kimyo-texnologiya boʻlimi  ilmiy kotibi.

1980-1992-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti ilmiy kotibi.

1992-1999-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻgʻitlar instituti direktorining oʻrinbosari, direktor vazifasini bajaruvchisi.

1998-2004-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti xizmati rahbari.

2004-2010-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

2010-2012-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.

2012-yil — h.v.   - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori. 

Hozirda, Baxtiyor Zakirov turmush oʻrtogʻi Sabrxon Zakirova(nafaqadagi TDShI oʻqituvchisi) bilan Toshkent shahrida yashab kelishmoqda, bir o 'gʻil va bir qiz farzandi bor.[2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.ionx.uz/ — (Wayback Machine saytida 2016-07-29 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy sayti
  2. arxiv nusxasi, 2016-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-06-27
  3. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.