Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Rahmon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Baxtiyor boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Baxtiyor Rahman
Бахтиёр Раҳмaн
2022-yilda
2022-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1987-yil 2-mart (1987-03-02) (39 yosh)
Kasbi xonanda, kompozitor
Faoliyat yillari 2008-yildan
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Taʼlimi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Millati Oʻzbek
Boʻyi 179 sm
Bolalari Muhammadnur
Abdulfattoh
Veb-sayt youtube.com/@baxtiyor rahman

Baxtiyor Rahmanov (1987-yil 2-mart, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri) — oʻzbekistonlik xonanda va bastakor.

Baxtiyor Rahman 1987-yilning 2-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. Qarshi shahridagi 26, 27, 3 maktablarda tahsil olgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Oilali[1]. Ikki nafar farzandning otasi.

Bastakorlik faoliyatini Shekspir sonetlari, Navoiy g‘azallariga musiqa bastalashdan boshlagan[2].

2007 va 2008-yillarda „Barhayot anʼanalar“ folklor festivali laureati boʻlgan.

2008-yilda „Kelajak ovozi“ respublika tanlovida g‘oliblikni qoʻlga kiritgan.

2009, 2010 va 2011-yillarda „Yagonasan, muqaddas Vatan“ ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida g‘olib boʻlgan.

2010 va 2011-yillarda „Nihol“ ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi boʻlgan.

2011-yilda „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ nominatsiyasida M&TVA -2011 mukofotini olgan.