Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Davlatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Davlatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Baxtiyor Boyjonovich Davlatov
Tavallud sanasi 2-may 1969-yil
Tavallud joyi Yangiyer, Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 20-avgust 2013-yil(2013-08-20)
(44 yoshda)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986—1987 Selnik 3 (0)
1989 SKA-RShVSM 11 (0)
1990 Aralvodstroevets 29 (0)
1991 Toʻrtkoʻlchi 32 (3)
1992—1996 Yangiyer 112 (36)
1993   Orol Nukus 4 (0)
1996   Kosonsoy 7 (0)
1997 Nasaf 30 (16)
1998 Yangiyer ? (39)
1999 Nasaf 12 (4)
2000 Mash’al ? (35)
2001 Metallurg 5 (1)
2004 Mash’al 13 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Baxtiyor Boyjonovich Davlatov (ruscha: Давлятов, Бахтиёр; 1969-yil 2-may, Yangiyer – 2013-yil 20-avgust) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, Muborakning Mash’al, Qarshining Nasaf va „Yangiyer“ jamoalarida oʻynagan. Maydonda hujumchi pozitsiyasida harakat qilgan[1].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor professional futbolchilik faoliyatini 1986-yil Qoraqalpogʻistonda, Toʻrtkoʻlning „Selnik“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1989-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Sverdlovets jamoasi tarkibida oʻtkazgan mavsumidan soʻng Qoraqalpogʻistonga qaytgan va Orol va Selnik jamoalarida oʻynagan.

Sovet ittifoqi qulagach mustaqil Oʻzbekistonning birinchi chempionatini Yangiyer jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Baxtiyor „Yangiyer“ klubi tarkibida 1992-yildan 1996-yilga qadar toʻp surgan. 1993-yilda yarim mavsum Orol Nukus jamoasi tarkibida ijara asosida oʻynagan. Keyinchalik faoliyati davomida Namanganning „Kosonsoy“, Qarshining „Nasaf“, Bekobodning „Metallurg“ va Muborakning „Mash’al“ jamoalarida oʻynagan. Bir muddat „Yangiyer“ jamoasi tarkibiga qaytgan.

Baxtiyor Oʻzbekiston Superligasiga nisbatan Oʻzbekiston Pro ligasida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etgan va ikki liganing (Yangiyer va Mash’al) eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2004-yilda „Mash’al“ jamoasidagi faoliyatidan soʻng professional faoliyatini yakunlagan.

Futboldan keyingi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati yakunlaganida soʻng Yangiyerda va Muborakda bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yilda 44 yoshida vafot etgan. Vafotidan soʻng uning xotirasiga „Baxtiyor Davlatov xotira turniri“ tashkil etilgan[2]. Har yili 24-aprel va 5-may oraligʻida oʻsmir yosh futbolchilar oʻrtasida turnir oʻtkaziladi[3][4][5].

  • Profil FootballFacts.ru saytida