Basrishoh masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Basrishoh masjidi
বশরী শাহ মসজিদ
Basrishoh masjidi, 2015-yil
Mamlakat  Hindiston
Shahar Kalkutta
Koordinatalar 22°36′30″N 88°22′11″E / 22.608470°N 88.369655°E / 22.608470; 88.369655 G OKoordinatalari: 22°36′30″N 88°22′11″E / 22.608470°N 88.369655°E / 22.608470; 88.369655 G O
Yoʻnalishi Sunniy, Hanafiy
Asosiy sana:
1804-yil
Minoralar soni 4

Basrishoh masjidi Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan eng qadimgi masjiddir[1]. U Kalkutta tumanining Chitpur – Kossipor hududida, Panchanan Mukherji va Sett Pukur yoʻli kesishmasida joylashgan. Bu Kolkata Municipal Corporation tomonidan roʻyxatga olingan madaniy meros obyektlaridan biridir.

Masjidda uchta gumbaz va toʻrtta minora bor[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Basrishoh ziyoratgohi

Kalkutta tashkil etilishidan oldin hozirgi Basrishoh masjidi oʻrnida eski masjid boʻlgan. Hozirgi masjid hijriy 1219-yilda Jafir Ali tomonidan qurilgan. Masjid yaqinida joylashgan Basrishoh ziyoratgohi sharafiga shunday nom olgan. Basriy Iroqning Basra shahridan chiqqan avliyo boʻlib, 1760-1790-yillar orasida Kalkuttada istiqomat qilgan. Uning oʻlimidan keyin izdoshlari tomonidan ziyoratgoh qurilgan[3]. Masjid koʻp yillardan davomida tashlandiq holatda qolib ketgan. Kolkata Municipal Corporation taʼmirlash ishlarini amalga oshirib, masjidni madaniy meros obyektlari roʻyxatiga qoʻshdi[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Janice Leoshko. Calcutta through 300 years. 
  2. 2,0 2,1 Amlan Chakraborty. „Basri Shah Masjid: Kolkata’s Oldest Mosque“. livehistoryindia.com (2021-yil 5-aprel).
  3. Pijush Kanti Roy. Mosques in Calcutta, 2012. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]