Kontent qismiga oʻtish

Barbara Serra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barbara Serra

Serra in 2022
Tavalludi
Barbara G Serra

19-avgust 1974-yil (1974-08-19) (49 yosh)
Milan, Italy
Fuqaroligi Italiya
Taʼlimi London School of Economics
London Universiteti
Kasbi Journalist

Barbara Serra 1974-yil 19-avgustda Italiyada  tugʻilgan. Britaniyada faoliyat yuritadigan jurnalist va telvidiniya boshlovchisi. U jurnalist bo'lishdan oldin London Iqtisodiyot maktabida o'qigan.

Serra BBC va “Five News” da ishlagan. 2006-yildan boshlab Al Jazira English telekanalida boshlovchi va muxbir, 2007-yildan esa Italiyaning RAI telekanalida boshlovchi va sharhlovchi sifatida ishlagan. U Italiya Prezidenti tomonidan “Italiya yulduzi” ordeniga sazovor bo'lgan va “Elle” jurnali tomonidan xalqaro miqyosdagi 20 ta eng mashhur italiyalik ayollardan biri sifatida tan olingan.[1]

2014-yilda Serra “Gli Italiani Non Sono Pigri” (Italiyaliklar dangasa emas) nomli kitob yozgan[2]2020-yilda Serra "Oiladagi fashizm" filmini suratga oldi. 2023-yil oktabr oyida “Sky News” telekanaliga qo‘shildi. [3]

Hayot yo'li[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serra 1974-yilda Milanda tug'ilgan, otasi Sardiniyadan, onasi esa Sitsiliyadan edi. To'qqiz yoshidan boshlab u Daniyaning Kopengagen shahrida yashagan. Oiladagi tarbiya natijasida u italyan, ingliz, daniya va fransuz tillarini yaxshi bilgan.[4]Serraning bobosi Vitale Pigani1939-yil 28-sentabrdan 1942-yil 24-aprelgacha Sardiniyaning Karboniya shahrining meri boʻlib ishlagan[5][6][7]

1993-yilda u London Iqtisodiyot maktabida o’qiyotgan paytda xalqaro munosabatlar bo'yicha o'qish uchun Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tdi. Keyin u jurnalist sifatida tahsil olish uchun Londondagi Siti universitetida radioeshittirish jurnalistikasi bo'yicha aspirantura diplomini oldi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serraning jurnalistik faoliyati BBC da tadqiqotchi sifatida boshlangan. U uch yil davomida BBC London News uchun prodyuser-boshlovchi sifatida faoliyat yuritgan va BBC Radio  ning “Today” dasturida prodyuser bo‘lgan. U muntazam ravishda BBC Radio Five Live-da yangiliklarni taqdim etdi. Uning efirdagi eng qiyin lahzasi texnik nosozlik tufayli besh daqiqalik radio byulletenni hech qanday skriptsiz improvizatsiya qilish bo’lgan.

2003-yilda u “Sky News” telekanaliga muxbir sifatida qabul qilindi va ichki va xalqaro topshiriqlar ustida ishladi. Serra Rimda Rim papasi Ioann Pavel II ning o‘limidan tortib, Kaliforniyadagi Maykl Jekson sudigacha bo‘lgan keng ko‘lamli ishlarni yoritgan.

Serra 2005-yilda Sky News va Five o'rtasidagi Five yangiliklar dasturlarini yetkazib berish bo'yicha kelishuvdan so'ng “Five News” jamoasining bir qismiga aylandi. U Buyuk Britaniyadagi birinchi yangiliklar boshlovchisi bo'lib, yer usti televideniyasida ikki tilda praym-taym yangiliklar dasturini taqdim etdi.[8]

Al Jazira ingliz jamoasi tarkibida u 2006-2009 yillarda Yevropaning bir qator mamlakatlarida, shuningdek, G‘arbiy Sohil va G‘azoda muxbir bo‘lgan. 2007-yil sentabr oyidan boshlab u Londondagi Al-Jazira studiyasidan Italiya davlat TV RAI telekanalida efirga uzatiladigan “TV Talk” deb nomlangan haftalik dasturni taqdim etdi. Televizion dastur RAI 3 da efirga uzatiladi, Serra muntazam ravishda Italiya televideniesida ayollar vakili yo'qligi haqida gapirgan.[9]

Uning Al Jazira English bilan ishi 2009-yilda G'arbiy Sohilda falastinlik fermerlarga isroilliklar tomonidan hujum qilingani haqidagi so'nggi xabarni o'z ichiga olgan. [10]

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Muallif sifatida Serra "O'sha dangasa yevropaliklar" haqidagi asosiy odatiy qarashga qarshi turish uchun “Gli Italiani Non Sono Pigri” (italiyaliklar dangasa emas) kitobini nashr etdi. Kitob faqat italyan tilida nashr etilgan. U 2014-yilda chiqarilgan. ITALIA jurnali o'z kitobi haqida so'raganida, u yevropa stereotiplarini va bu stereotiplarning ko'pchiligi mavjudligining asl sababini o'rganishni xohlayotganini aytdi. Kitobda ba'zilarning Janubiy Yevropa mamlakatlari dangasa ekanligi haqidagi stereotipik qarashlari yoritilgan. Serra kitobda Evropadagi ba'zi jamiyatlar boshqalarga qaraganda unchalik samarali emasligini izohlaydi va buning sabablarini o'rganadi.Serra, shuningdek, “Huffington Post” gazetasining doimiy yozuvchisi va sharhlovchisi edi.

 Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 2014-yil mart oyida Serra oʻsha yili chop etilgan kitobi uchun “Kometa” mukofotini qoʻlga kiritib, eʼtirof etildi. Serra, shuningdek, “Gli Italiani Non Sono Pigri” kitobi bilan Kakkuri adabiy mukofotining uchinchi nashrini qo'lga kiritdi. Elle Italia tomonidan Monika Belluchchi va Miuccia Prada bilan birga xalqaro miqyosdagi 20 ta eng nufuzli italiyalik ayollardan biri sifatida tan olingan. 2015-yil noyabr oyida Serra 1991-yilda Nobel mukofoti laureati Rita Levi-Montalchini mukofotlanganidan keyin nufuzli 12 havoriy mukofotini olgan ikkinchi ayol bo‘ldi. Mukofot Serraning yozuvchi va jurnalist sifatidagi faoliyati uchun topshirildi. 2019-yilda Serra “Italiya yulduzi” ordeniga sazovor bo'ldi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Barbara Serra receives knighthood of the Order of the Star of Italy“ (2019-yil yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  2. „Talking to: Al Jazeera Journalist Barbara Serra“. ITALY Magazine. Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
  3. „Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  4. Donati. „Talking to: Al Jazeera Journalist Barbara Serra“. ITALY Magazine (2014-yil 10-sentyabr).
  5. „Fascism in the Family“. Al Jazeera (2020-yil yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  6. Fascism in the Family | Al Jazeera Correspondent, qaraldi: 26 January 2020
  7. „Carbonia ieri sera ha ricordato Vitale Piga, podestà della città dal 28 settembre 1939 al 24 aprile 1942.“ (it-IT). La Provincia del Sulcis Iglesiente (2017-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
  8. „Barbara Serra, presenter of Five News“. Daily Mirror (2005-yil 13-avgust).
  9. Dowell. „ITN newsreader signs for al-Jazeera“. The Guardian (2016-yil 21-iyul).
  10. Day. „Five presenter joins al-Jazeera“. The Guardian (2006-yil 3-aprel).