Kontent qismiga oʻtish

Balujistondagi mojaro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balujistondagi qurolli mojaro 1948-yilda boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Eron va Pokiston hukumatlariga boʻlingan xalq mustaqillikka intilayotgan baluj millatchilariga qarshilik koʻrsatmoqda. Mojaro etno-konfessiyaviy hisoblanadi. Eronda koʻpchilik sunniylar boʻlgan balujiylar shia forslariga qarshilik koʻrsatmoqdalar. Pokistonda esa ozchilikni tashkil etuvchi shia hazoralari bilan balujiylar nizolashmoqdalar.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mojaroning sababi Baluj yerlarining bir qismini oʻz ichiga olgan Pokiston davlatining tashkil etilishi boʻlgan. Shuningdek, sunniy balujiylar Eronning shia Islom Respublikasi tomonidan kamsitishlarga duchor boʻlishgan. Afgʻoniston janubi-gʻarbiy qismidagi Baluj xalqlari eng katta yerlarga ega.

Nizoning umumiy tahlili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balujlarga xorijiy yordam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron bir necha bor Pokiston hukumatiga isyonchilarga qarshi kurashda bevosita harbiy yordam koʻrsatgan. 1973-yilda mintaqadagi navbatdagi keskin isyonlar davrida Eron hukumati Pokiston Quroli kuchlariga yordam berish uchun oʻttizga yaqin Chinook vertolyotidan iborat havo kuchlarini yuborgan[1].

Koʻpgina ekspertlar Jundallohni Al-Qoida terrorchilik tarmogʻiga aloqadorlikda gumon qilganlar.

Eron uzoq vaqtdan beri Jundallah Amerika Qoʻshma Shtatlaridan yordam oladi, deb daʼvo qilmoqda[2][3][4][5]. Ammo Vashington rasman buni inkor etgan[6]. 2012-yil boshida Amerika matbuotida oʻzini Markaziy razvedka boshqarmasi agenti sifatida koʻrsatgan Mossad agentlari Eron rasmiylariga qarshi hujumlar uchun „Jundullah“ jangarilarini yollashga uringani haqidagi xabarlar paydo boʻlgan. Erondagi baluji separatistlarini Saudiya Arabistoni, Iroq maxsus xizmatlari va OMIN tomonidan qoʻllab-quvvatlayotgani haqida maʼlumotlar mavjud.

Afgʻoniston urushi paytida KGBning Pokistonga qarshi kurashda balujiy terrorchilariga yordam bergani haqida maʼlumotlar bor.

Pokiston Hindistonni JAB terror tashkilotini qoʻllab-quvvatlashda bir necha bor ayblagan. Shunday qilib, 2010-yilda Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G'iloniy qoʻlida Hindistonning Balujiston mojarosida ishtiroki haqida gapiradigan dosye borligini rasman maʼlum qilgan. Ammo Hindiston rasmiylari bu bayonotni rad etishgan.

Hindiston OAB terrorchilarini Afgʻonistondagi konsulliklari orqali qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblangan. Britaniya razvedkasi, Pokistonga bosim oʻtkazish uchun Nyu-Dehli Balujiston terrorchilariga yashirincha homiylik qilayotgani haqidagi Pokiston qarashiga qoʻshilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Another Showdown in Iran. // Economic and Political Weekly. Sameeksha Trust Publication, April 7, 1979. – Rs 2 – Vol. 14 – No. 14 – P. 660.
  2. Lowther, William. „US funds terror groups to sow chaos in Iran“. London: Telegraph (2007-yil 25-fevral). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-oktyabr.
  3. Shipman, Tim. „Bush sanctions 'black ops' against Iran“. London: Telegraph (2007-yil 27-may). 2010-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-oktyabr.
  4. Brian Ross and Christopher Isham Report:. „ABC News Exclusive: The Secret War Against Iran - The Blotter“. Blogs.abcnews.com (2007-yil 3-aprel). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-oktyabr.
  5. Hersh, Seymour M. „Annals of National Security: Preparing the Battlefield“. The New Yorker (2009-yil 7-yanvar). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-oktyabr.
  6. Lowther, William; Freeman, Colin. „US funds terror groups to sow chaos in Iran“. The Daily Telegraph (2007-yil 25-fevral). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]